Sevgi she’rlari, sevgi haqida she’rlar to’plami

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Sevgi haqidagi eng yaxshi she’rlarni qabul qiling.

Ishon yolg’iz seni sevaman

Yuduzlarga termulib jonim,

Uzoq-uzoq hayol suraman,

Visolingdan olaman orom,

Ishon yolg’iz seni sevaman.

 

O’lsam ham baribir sevaman seni!

Ko’zlarim ko’r bo’lsa, ko’rmasdim seni,

Yuragim tosh bo’lsa, sevmasdim seni,

Mayli xijron azobi qiynasin meni,

O’lsam ham baribir sevaman seni!

 

 

ayting haqqim yo’qmi baxtli bo’lishga?

Muhabbat yondirdi shoir qildi ishq!

Ulgurdim to’rt qator misra, yozishga

Gumonlar salvollar, qo’ymas» meni tinch!

Ayting haqqim yo’qmi baxtli bo’lishga?

……..

Mayus nigohimda ajib tasavvur,

Sevgim aytolmasman yo’l qo’ymas g’urur!

Yashaganim yolg’iz sababi sendur

O’rgandim rost yig’lab yolg’on kulishga!

Aytgin haqqim yo’qmi baxtli bo’lishga?

……………………..

Kunlar. o’tib borar, oylar birma bir,

Angladim yaralganman, faqat kutishga!

Nahot seni ravo kurmas menga bu taqdir?

Ko’zlarim mushtoqdir seni ko’rishga, !

Aytgin haqim yo’qmi baxtli bulishga?

Ertakga ishonib xayollar surdim,

Bir muddat qush bulib dunyoni kezdim,

musaffo osmonım shamolın kestım,

Men o’zimdan qochdim o’zimdan bezdim!

Hech narsa arzimas dilni ezishga

Aytgin haqqim yo’qmi baxtli bo’lishga

bu dunyo tuzillgan bo’lib, biri kam!

men ketsam yo’qligim bilinmas xecham,

senga baxt tilayman guzalim erkam

kelganlar maburdur yana ketishga!

faqat sen xaqlisan baxtli bo’lishga

Izlamayman boshqadan, senda ul nigoh!

Niyatim seni baxtli ko’rish, guvohim olloh.

Mayli birga bo’maylik topgansan hamrox

Bu tilim ojizdir bir so’z deyishga,

Faqat sen haqlisan baxtli bo’lishga

 

 

Shunda ham men sizni sevaveraman…!

Bugun yana oldim qo’limga qalam,

Siz uchun sherlarim yozaveraman.

Sevmasligingiz menga qilsada a’lam,

Shunda ham men sizni sevaveraman.

 

Ko’rib qolsam sizni uzoqdan nogoh,

Telbadek tikilib turaveraman.

Gar sizni sevishim bo’lsada gunoh,

Shunda ham men sizni sevaveraman.

 

Mayli meni do’st deb, o’zgani suying,

Netay dilim kuyib yuraveraman.

O’zgani ishqida bir umr kuying,

Shunda ham men sizni sevaveraman.

 

Sevganim bor deb aldamang zinxor,

Rashk o’tida doim yonaverman.

Bilaman ko’nglizda o’zga yor bor,

Shunda ham men sizni sevaveraman.

 

Bugun tan beraman o’zim sabrimga,

Sizni kutib, sabrla yashayveraman.

Mayli hecham yetmang mening qadrimga,

Shunda ham men sizni sevaveraman…!

 

 

Sevaman deb

Seni sevaman deb qarmoq tashlaydi,

Gohiga bir o’pib jarga boshlaydi.

Sensiz yasholmayman desa ISHONMA!!!

Sensiz yashab kelgan yana yashaydi.

 

 

Yolg’iz O’zim Senga Baxt Edim.

Mensiz Qanday Yashayapsan Ayt,

Tonging Mensiz Kulib Boqdimi.

Shirin So’zlar Eshitmay Tunlar,

Bedor O’tgan Ular Yoqdimi.

 

Mensiz Qanday Yashayapsan Ayt,

O’zgalardan Topdingmi Aksim.

Izlayverma Suratim Quchib,

Topolmaysan Bir Tola Sochim.

 

Mensiz Qanday Yashayapsan Ayt,

Ishonmayman Unutdim Desang.

Xar Kun Ming Bor Ismimni Aytgan,

Yurak To’xtab Qolardi Bilsang.

 

Mensiz Qanday Yashayapsan Ayt,

Xotirangdan O’chgani Keldim.

Baxtliman Deb Meni Aldama,

Yolg’iz O’zim Senga Baxt Edim

 

 

Muhabbat azobi qiynaydi meni.

Muhabbat azobi qiynaydi meni.

Yuragim ezilar eslasam seni.

Ey jonim bu darddan halos et meni.

Chin so’zim o’lguncha SEVAMAN seni !!!

 

 

Telba derlar yor ishqida kuyganni

Telba derlar yor ishqida kuyganni

Bu hayotdan ham uni ortiq suyganni

O’z jonidan yorni ustun qo’yganni

Sevmaganlar telba derlar ularni

Ko’zlariga ko’rinmas yordan bo’lak

Faqat yorni deb urar undagi yurak

Ko’zlariga boqsang, bir ezgu tilak

Sevmaganlar telba derlar ularni

Yodida asraydi uning so’zini

Qarshisida yerdan uzmas ko’zini

Yonida butkul yo’qotsa o’zini

Sevmaganlar telba derlar ularni

Uning sevgisi yuragida pinhon

Izhorin aytolmas, to’sar hayajon

U Hudoning suygan bandasi, ishon

Sevmaganlar telba derlar ularni

O’rtalari bo’lsa-da ko’p yiroq

Yuragini kemirsa-da o’tli firoq

Ularning sevgisi so’nmaydi biroq

Sevmaganlar telba derlar ularni

Hayotni uning ko’zida ko’radi

Meni sevasanmi,takror so’raydi

Unga boqib sira to’ymaydi

Sevmaganlar telba derlar ularni

 

 

Ko’zim yumdim ko’zlaringni ko’rmoq uchun

Ko’zim yumdim ko’zlaringni ko’rmoq uchun

Bir zumga bo’lsa xam diydoringga to’ymoq uchun

Ammo bular kamlik qilur seni sevmoq uchun

Aytgin jonim nima qilay men sen uchun

 

Kunlar o’tdi, tunlar o’tdi sen qaytmading

Xar tun ko’zlarimga yoshlar keldi sezmading

Axir netay yuragim ko’nmayapti voz kechishga

Senchi, sen kuch topoldingmi meni unutishga

 

Xayr deya ketding indamasdan,

Ortinga bir bor qaramasdan,

Menchi men qolib ketdim senga boqib

Hayotimni qora ranglarini oldi

 

 

sevgi bogida sarson emasman

sevgi bogida sarson emasman

sevilib sevgiga muhtoj emasman

qalbimni aldab ahmoq emasman

ne qilay sevgi bogida farhod emasman

 

 

O`n sakkizga kirmagan kim bor,

O`n sakkizga kirmagan kim bor,

Bo`g`imgdan gul termagan kim bor.

Sen haqingda yozib to`rt satr,

Sirdoshiga asta korsatib,

Qo`shni qizga bermagan kim bor.

Dastlab har kim qalam olgan on

Yonib seni kuylar begumon.

Maskan qurib har bir ko’ngildan,

Oshiqlarni qoldirib tildan,

Shoirlarni qilursan biyron.

Tushdim chog`i men ham domingga,

Ezgu hislar baxsh etding menga,

Hayotimga zar lavha bo`lding,

Ilk she’rimga sarlavha bo`lding,

Xayollarim ulfatdir senga.

Yuragimda his etdim qanot,

Tilsim kabisi ochilur hayot,

Visoldagi damlarim shirin,

Hijrondagi g`amlarim shirin,

Kulib boqar menga koinot …

O`n sakkizga kirmagan kim bor,

Bog`ingdan gul termagan kim bor …

 

 

Sodiqman senga qara …

Sodiqman senga qara …

 

 

Siz baribir sevib qolasiz

Erib ketar qalbingiz toshi

Oqar közdan ojizlik yoshi

Yetmas ekan inson bardoshi

Siz baribir sevib qolasiz.

 

Yurak qurg’ur topmaydi taskin

Könglingizga sevgi qurar in

Tan oling bir kunmas bir kun

Siz baribir sevib qolasiz.

 

Siz mag’rursiz bilaman buni

Sizni kutar baxtning butuni

Yuragiz ,,ox» chekkan bir kuni

Siz baribir sevib qolasiz

 

Qalbingizni nimtalar armon

Xatto yurak topmaydi darmon

Bu aslida xudodan farmon Fikrlar

 

Erib ketar qalbingiz toshi

Oqar közdan ojizlik yoshi

Yetmas ekan inson bardoshi

Siz baribir sevib qolasiz.

 

Yurak qurg’ur topmaydi taskin

Könglingizga sevgi qurar in

Tan oling bir kunmas bir kun

Siz baribir sevib qolasiz.

 

Siz mag’rursiz bilaman buni

Sizni kutar baxtning butuni

Yuragiz ,,ox» chekkan bir kuni

Siz baribir sevib qolasiz

 

Qalbingizni nimtalar armon

Xatto yurak topmaydi darmon

Bu aslida xudodan farmon

Siz baribir sevib qolasiz…!!!

 

 

Qo’rqar edim sevib qolishdan

Kechalari boshqarishgan orom,

So’roqlayman seni bo’lishdan.

Nigohlaring aylaganda rom,

Qo’rqar edim sevib qolishdan.

 

So’zlashardim sen bilan to’lib,

Charchamasdim hech ham kulishdan.

Bazan faqat xayolga tolib,

Qo’rqar edim sevib qolishdan.

 

Kundan kunga borarding yoqib,

Baxtli edim birga yurishdan.

Vujudimda bir nido oqibatida,

Qo’rqar edim sevib qolishdan.

 

Bugun o’ta totli boqishlar,

Qarshisida turolmadim jim.

Qo’rqar edim sevib qolishdan.

Lekin sevib ulgurgan edim.

 

 

SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

Bulut to’kar ko’z yoshin yig’lab,

Termulaman uzoqlarga jim,

Hayol ichra deyman shivirlab,

SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

 

Sen men uchun eng go’zal hayot,

O’zingdursan qalbdagi sirim,

Yuragimdan otilar faryod,

SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

 

O’chog’iga ishqdan o’tib ketdi,

O’rtanadi bu g’amgin dilim,

O’z-yashaydi deydi shivirlab,

SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

 

Yuragimning har urishida,

Takrorlanar qadrdon ism,

Yig’lab deyman hatto tushimda,

SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

 

Aytolmasman kelsak yuzma yuz,

Balki ko’nglimdagi dardlarim,

Ko’zlarimda ko’rinadigan shu so’z,

SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

 

Mayli taqdir ko’rmasin ravo, Sening

bilan yashaydi sevgim,

Yoqtirsinlar yonsinlar ammo,

SEVOLMASIN MENINGDEK HECH KIM !!!

 

 

Seni sevarman

Bir kun tanimni tark etar ruhim,

Qizg’aldoq bezaydi qabrimni manim.

Bir kun dunyoga qayta kelarman,

Lekin o’shanda ham seni sevarman!

 

 

SEVISHNING YO’LI

Ko’zimdagi kulgu, dildagi dardim

Yuzinga qarashga sig’maydi haddim

Seni hayolimda erkalab qaytdim,

Sevishni boshqacha yo’li yo’q ekan.

 

Ko’rinsang nigohim yerdan uzolmay,

Salomlashmoqqa ham jur’at qilolmay.

Ketdim azoblanib, yo’limdan qolmay,

Sevishni boshqacha yo’li yo’q ekan.

 

Sen kelib o’tirding, men turib ketdim,

Ko’ksim olov bo’ldi, men kulib ketdim.

Ketdim-u bosh egib, oh urib ketdim,

Sevishni boshqacha yo’li yo’q ekan.

 

Tanxo kezgim kelar ba’zan bog’larni,

Qo’llaringni to’yib sho’x sabolardan.

Umr adog’ida qolgan chog’larda,

Sevishni boshqacha yo’li yo’q ekan.

 

 

Ketolmayman

Soyam kabi yaqinsan tutolmayman hech

Haydasang ham yoningdan ketolmayman hech

Visolingga zorman yetolmayman hech

Sevaman jondan netay kecholmayman hech

 

Soya bo’ldim qo’ymadim, ko’zlaringga to’ymadim,

O’zga yorni suymadim, suyolmayman hech.

Yonginangdan jilmadim, sevgim izhor qilmadim,

Ko’nglinda ne bilmadim, bilolmayman hech…

 

 

Topchi kimni sevaman

,,S’’enga aytaymi kimni sevaman?

,,E’’tsam yuzinga oshor aytaman.

,,N’’ihoyat o’qigan bosh harflarni

,,I’’zlab topchi kimni sevaman?

 

 

sevgi

Tabiatda bo’lsa shunday qoida

Inson ming bor tug’ilganlar agar,

Bu dunyoga kelib har safar,

Yana aytib berish SENI SEVARDIM!

Va har safar entikib baxtdan,

Qo’llaringdan tutardim mahkam,

Kechar edim bor-u yo’g’imdan,

Yana qaytib SENI SEVARDIM!

Kulsalarda men oshiq zorga,

Ko’ngil bermoq gunohmi yorga,

Ossalar ham ming marta dorga

Yana qaytib SENI SEVARDIM!

Ishon yorim SENI SEVARDIM

 

 

 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x