SERVIS

SERVIS (ing. service — xizmat) — jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholiga xizmat koʻrsatish; i. ch. texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, madaniymaishiy, xoʻjalik va b. sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat koʻrsatish sohalari. Servis texnika vositalari, maishiyroʻzgʻor apparaturasi, kommunal texnikani sozlash va taʼmirlashga nisbatan ham qoʻllanadi. Servisning quyidagi turlari mavjud: sotuvga qadar va sotuvdan keyin Servis (kafolatli, kafolatdan keyingi). Sotuvga qadar Servis mahsulotlarni tashish vaqtida sodir boʻlgan nuqsonlarni bartaraf etish, tovarni ish holatiga keltirish, tovarning ishlashini xaridorlarga namoyish etish va b. ni kamraydi. Sotuvdan keyingi (kafolatli) Servis tovarning normativtexnik xujjatida yoki shartnomada shartlashilgan muddatlarda yuz bergan nuqsonlarini oʻz vaqtida bartaraf etishdan iborat. Bunga xaridorni buyumni ishlatish qoidalari bilan dastlabki tanishtirishni kiritish mumkin. Kafolatli Servis xizmati xarajatlari sotish narxiga kiritilgani uchun bunday xizmatlar tekinga koʻrsatiladi. Kafolat muddati oʻtgandan soʻng Servis sozlash va zarur qismlar bilan taʼminlash, buyumdan foydalanish boʻyicha maslahat berish va 6., odatda, shartnoma asosida haq olib amalga oshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x