SEKRETSIYALAR

SEKRETSIYALAR (lot. secretio — bulinish) (geologiyada) — togʻ jinslaridagi bushliklarning kristall va kolloid moddalar bilan toʻlishi natijasida hosil boʻladigan mineral agregatlar. Alohida qavatlari rangi va tarkibiga koʻra birbiridan farq kiladi. Odatda, Sekretsiyalar uchun mineral moddalarning boʻshliqlar devorlaridan markazga tomon konsentrik kavatlanish ketma-ketligi xos. Bunda druzalar hosil boʻladi. Baʼzan Sekretsiyalar oʻrtasida turli minerallardan hosil boʻlgan kovak qoladi. Diametri 10 mm gacha boʻlgan Sekretsiyalar bodomtoshlar, undan kattalari jeodalar deyiladi. Asosan, Sekretsiyalar gidrotermal yoki gipergen jarayonlarda xreil boʻladi. Sdan koʻpincha muzeylar uchun yuqori baholi kolleksiya sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x