Savol

Shabboda gul bilan oʻynar erinchak,

Egasiz chayqalar maʼyus halinchak…

Belanchak tebratgan gulyuz kelinchak,

Unsiz yigʻi seni bedor etdimi?

 

Yoʻqotganim bir sen, topganim bisyor:

Bir dunyo armonu qanchalar ozor,

Dardlarim – ishqimning bolalari bor,

Sevinchim koʻzimga yoshlar eltdimi?

 

Netay, qoʻshiqlarim mahzun toʻqildi,

Soʻzlarim koʻzyoshday bir-bir toʻkildi,

Hasratimni tinglab hilol bukildi…

Ohlarim sengayam borib yetdimi?

 

Bugun men koʻnglini yoʻqotgan odam,

Shuurimda soʻngsiz iztiroblar jam,

Ayt, gulim, bizlarga baxt ulashgan dam

Faqat xayollarda qolib ketdimi?

 

Orif Tolib

 

2007

https://saviya.uz/ijod/nazm/savol/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x