Sarvar va Komil — Yurak yig’lar

Tomchi-tomchi ko’z yoshlar, yurak birga yig’lar,
Sen rad etgan bu yurak sensizlikdan yig’lar.
Bilsang edi qanchalar alamlarim vujudim ezar.

Yakson bo’lgan g’ururim chetdan menga boqar,
Parchalangan sevgim ham yomg’irlardek oqar.
Balki aybim – sevganim,
Sendan umid kutganim meni yana.

Yurak yig’lar, yig’lar, yomg’irlarga aylanar,
Derazamdan ma’yus oqar biz kutgan orzular.
Yurak yig’lar, yig’lar, yana yomg’irlar yog’ar,
Qani edi dardlarimni yuva olsaydi ular.

Yurak yig’lar, yurak yig’lar… (x2)

Yuragim to’xtab qolganday bo’ldi shu on,
Sen-ku mendan ketarsan, men esa xonavayron.
Qolaman ortingdan qarab, qalbim yaralab,
O’zimga o’zim savol beraman yo’qdir sabab.

Nahotki, sevgidan ko’rganim meni faqat azob?
Sevgi sarob, bo’ldi xarob, orzular endi yiroq.
Ayanchli firoq tinmasdan qalbim tig’lar,
Yuragim yig’lar, nega yurak yig’lar, a?

Yurak yig’lar, yig’lar, (nega yuragim yig’lar?)
Yomg’irlarga aylanar, (yomg’ir yana yog’ar)
Derazamdan ma’yus oqar (qarab oqar)
Biz kutgan orzular. (so’ndi mana orzular)

Yurak yig’lar, yig’lar, (yurak yig’lar)
Yana yomg’irlar yog’ar, (yana mana yog’ar)
Qani edi dardlarimni
Yuva olsaydi ular. (yurak yig’lar)

Yurak yig’lar, yurak yig’lar… (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x