SARAMAS

SARAMAS (arab.) — teri (kamdankam hollarda shilliq pardalar) ning yalligʻlanishi. Oʻtkir yuqumli kasallik. S. ni patogen streptokokklar koʻzgʻatadi. Terining tirnalgan, qavargan, jarohatlangan joyig% mikrob tushishidan kelib chiqadi. S. Yiringli jarohat, karbunkulning asorati sifatida, tarkibida streptokokklar boʻlgan yiring toʻplangan joy atrofida paydo boʻlishi mumkin. Kasallik toʻsatdan titrash, bosh ogʻrigʻi, aksari qayt qilish bilan boshlanadi, harorat 39—40° gacha koʻtariladi, goho bemor alahlaydi. Terining zararlangan qismi qizaradi (eritema), qizargan joy sogʻlom teri sathidan bir oz koʻtarilib turadi, chegarasi koʻzga yaqqol tashlanadi va juda tez kengayib, achishib ogʻriydi.

Eritematoz Saramas baʼzan 3—7 kunda oʻzoʻzidan (davolanmasa ham) tuzalib ketadi, lekin choʻzilib, gavdaning bir joyidan boshqa joyiga oʻtishi ham mumkin (sayyor S). S. ning birmuncha ogʻir xili — bullyoz Saramasda qizargan terida yiringli yoki tiniq suyuqlik bilan toʻla pufakchalar hosil boʻladi. Bundan ham ogʻir flegmonoz xilida teri ostida flegmona vujudga keladi. Eng ogʻir xili — gangrenoz Saramasda terining zararlangan joylari oʻladi. Lekin Saramasning eng yengil xili — eritematoz Sdan ham asoratlar qolishi mumkin, mas, qon zararlanishi (sepsis); yuz sohasidagi Sdan esa miya pardalarining yalligʻlanishi (meningit) singari xavfli asoratlar qoladi.

Saramasga shubha tugʻilganda darhol vrachga murojaat qilish lozim. Saramas ningoldini olish terini toza tutish, mayda jarohatlarni antiseptik vositalar b-n artib tozalashdan iborat. Saramas juda kamdankam hollarda yuqadi. Lekin Saramasga chalingan odamning terisiga tegmaslik kerak, tegilganda qoʻlni yaxshilab yuvish, odekolon yoki spirt bilan artish, terining zararlanishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.

Hayvonlarda, asosan, choʻchqalarda, shuningdek, qoʻy, quyon, parrandalarda uchraydi. Kasallik surunkali, oʻtkir yoki yarim oʻtkir kechadi. Oʻtkir kechganda kasal hayvon harorati 41 — 42° ga koʻtariladi, yurak urishi, nafas olishi tezlashib, darmonsizlanadi, ishtahasi yoʻqoladi, koʻzidan yosh oqadi, ichi ketadi, baʼzan qusadi. 1—2 kundan soʻng hayvon qyrnida, sonining ich tomonida kizil dogʻlar paydo boʻladi. Davolanmasa, 3—5 kunda oʻladi. Yarim oʻtkir kechganda hayvon 10—15 kun ichida sogʻayadi. Harorati koʻtarilmaydi. Terisining zararlangan joyi jonsizlanadi, yurak urishi zaiflashib, quloq, qorin terisi koʻkaradi, boʻgʻimlari shishadi. Astasekin oza boshlaydi va oʻladi. Parrandalar S. bilan ogʻriganda don yemaydi, ichi ketadi, nafas olishi qiyinlashadi, zaiflashadi, oʻpka yalligʻlanib, boʻgʻimlari shishadi.

Davolash: S. ga qarshi giperimmunli qon zardobi, antibiotiklar, yurak kasalliklariga qarshi preparatlar va b. tavsiya etiladi.

Kurash choralari: veterinariyasanitariya qoidalariga qatʼiy amal qilish, dezinfeksiyalash, kemiruvchilarni yoʻqotish, choʻchqalarni 2 oyligidan boshlab vaksina bilan davriy emlash, xoʻjaliklardagi Saramas bilan kasallangan hayvonlarni ajratib qoʻyish va davolash; soʻyilgan kasal hayvon goʻshtini pishirib isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x