Salatlar bayram dasturxoningizni bezaydi

DO`STLARGA ULASHING:

Salatlar ishtahani ochadigan va ovqatni foydali moddalar, darmondorilar (vitaminlar) bilan boyitadigan xushxo‘r, yengil hazm bo‘ladigan to‘yimli taom. Ular xom va pishirilgan sabzavot, oshko‘klar, go‘sht, baliq hamda mevalardan tayyorlanadi.
Salatlar tayyorlashda quyidagilarni yodda tuting:
Tayyor mahsulot darhol dasturxonga tortilmaydigan bo‘lsa, uni salqin joyda saqlash zarur. Qaymoq, mayonez yoki sirka kabi qo‘shimcha mahsulotlarni salat dasturxonga tortilishidan biroz avval aralashtiriladi. Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlarning masalliqlarini barvaqt (1-2 soat oldin) tayyorlash va ularni salqin joyda saqlash kerak. Shuningdek, ularni dasturxonga tortishdan biroz oldin aralashtirish lozim.
Xom sabzavotlardan tayyorlanadigan bunday garnirlarni faqatgina dasturxonga tortishdan oldin tayyorlash kerak. Salatga ishlatiladigan go‘sht hamda baliq issiq va yaxna ovqat tayyorlangandek pishiriladi. Ular sovugach, masalliqlarga aralashtiriladi.
Bu parhezbop yegulik o‘zining chiroyli ko‘rinishi bilan ishtahani ochadi va taomlarning organizmda yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi.
Bundan tashqari salatlar tarkibida pektin moddalari, o‘simlik kletchatkasi, to‘yinmagan yog‘ kislotalari bo‘lib, ularning vujudimizga foydasi katta. Masalan, o‘simlik kletchatkasi – ichakdagi ortiqcha va zararli xiltlarni haydab chiqaradi va tanamizni tozalaydi. Quyida salatlarda ishlatiladigan ko‘katlar va ularning xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Shivit
Bu ko‘kat peshob haydash xususiyatiga ega. U uyqusizlikda, asab buzilishida juda foydali. Shuningdek, me’da faoliyatini ham yaxshilaydi.
Rayhon
Rayhon ovqat hazmini yaxshilaydi. Yana bu ko‘kat shivit singari peshob haydash va asab tizimini mustahkamlash xususiyatiga ega.
Shovul
Shovul tanada qon ishlab chiqarilishida anchayin foydali hisoblanadi. U ham ovqat hazmini yaxshilab, peshob haydaydi.
Petrushka
Ushbu shifobaxsh ko‘kat mushaklar tarangligini oshiradi. Hamda kapillyar(qil tomirlar) va arteriya qon tomirlar devorini mustahkamlab, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yana buyrak va qovuqda toshlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Ko‘rish qobiliyatini oshiradi.
Salat bargi
U asab tizimini yaxshilab, uyqusizlikning oldini oladi. Qon bosimini tushirib, me’da faoliyatini me’yorda ishlashiga ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, bu ko‘kat tanadagi qon tomirlar devorlarini ham mustahkamlaydi.
Selderey
Organizmni umumiy quvvatlantiruvchi va mikroblarni nobud qiluvchi tabiiy dori vositasi sifatida qo‘llaniladi. Qolaversa, bu ko‘kat asab, endokrin va me’da-ichak tizimlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yana o‘qing:  Kutubxonada uchrashuv

Ko‘k piyoz
Ushbu tabiat ne’mati kasallik tarqatuvchi viruslarga qiron keltiradi. Shuningdek, u peshob haydash xususiyatiga ham ega. Ko‘k piyoz a’zolarda tosh paydo bo‘lishining oldini oladi va ishtahani ochadi. Bundan tashqari qon kasalliklari, gripp, O‘RVI(o‘tkir respirator virusli infeksiya)lar, organizmda vitaminlar yetishmasligini davolash va bu xastaliklarning oldini olish uchun juda foydali hisoblanadi.
Dildora BOYMATOVA,
Qorako‘l tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

soglom.uz/tavsiya/salatlar-bayram-dasturxoningizni-bezaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x