SAHNA NUTQI

SAHNA NUTQI — teatrda badiiy obraz yaratish, qahramon xatti-harakatlari, histuygʻularini tomoshabinga yetkazishda asosiy ifoda vositalaridan biri. Sahna nutqi texnikasi aktyorlik mahoratining muhim unsurlaridan boʻlib, unda aktyor ovozining yoqimliligi, jarangdorligi, talaffuzining toʻgʻri va anikligiga amal qilgan holda, turli davr, turli kasb kishilarining til xususiyatlarini, xarakterlarning ijtimoiypsixologik, milliy, maishiy xislatlarini ifodalaydi. Sahna nutqining talaffuzi va ohangi ijro etilayotgan asarning janri va uslubiga bogʻliq. Teatr taraqqiyoti tarixida turli aktyorlik maktablari va yoʻnalishlarida Sahna nutqi uslubi va xususiyatlari qam oʻzgarib, rivojlanib kelgan.

Oʻzbekistonda oʻtmishda xalq aktyorlarimasxaralar, muqallidlar, qissagoʻylar, voizlar, maddoxlar; qoʻgʻirchoq teatri ustalari aksariyat hollarda ochiq maydonlarda tomosha koʻrsatganlari sababli harakatlari kabi nutqlari ham baland ovozda, boʻrttirilgan boʻlgan. Har joyda oʻz shevalarida faoliyat koʻrsatishgan. Yangi shakldagi oʻzbek professional teatri 20-a. avvalidan eʼtiboran yozma drama asosida, bino ichida, maxsus sahnalarda tomosha koʻrsatilar ekan, Sahna nutqining dramaturg matni, voqealari obrazlariga mos bosiq jaranglashi, xarakterlarni psixologik jihatdan asoslanishiga eʼtibor berildi. Milliy teatrimiz shakllanishi davrida (1916—27) rej. Mannon Uygʻur aktyorlar ijodida yagonaadabiy tilni oʻrnatish uchun kurash olib bordi. Obraz xarakteri talab kilgan oʻrinlardagina sheva va laxjalardan foydalanish mumkin. Milliy teatrning Sahna nutqi n sohasidagi tajribasi uning keyingi rivojlanish bosqichlaridan davom ettirilgan va b. teatr truppalari tomonidan oʻzlashtirilgan. Sanʼat institutiaya fan sifatida oʻqitiladi. «Sahna nutqi» kafedrasi bor.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x