Sahna asarlari uchun tanlov eʼlon qilindi

Qayerda: Toshkent.

Kim uchun: Barcha uchun.

Ijodiy ishlar topshirish muhlati: 2017-yilning 30-dekabrgacha.

Grant turi: Tanlov.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda: Xorazm viloyat musiqali drama teatrining repurtuarini shakllantirish, teatr sahnasida zamonamiz qahramonlari obrazini aks ettirish maqsadida sahna asarlari tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga gʻoyaviy-badiiy, milliy va umuminsoniy tamoyillarga asoslangan, sahna va dramaturgiya talablariga javob beradigan, muqaddam sahnalashtirilmagan dramatik asarlar qabul qilinadi.

 

Tanlovga taqdim etiladigan asar yoʻnalishlari:

  • yurtimizda yetishib chiqqan ulugʻ allomalar, tarixiy shaxslar, shuningdek Xorazm diyorida yashab ijod etgan buyuk shaxslar, davlat va jamoat arboblari, oʻtmishda sezilarli iz qoldirgan tarixiy voqea-hodisalarga bagʻishlangan TARIXIY asarlar;
  • davr ruhiyati, bugungi kun muammo va yutuqlari, jamiyat hayotidagi oʻzgarishlar aks etgan, zamondosh va zamon qahramonlari siymosi yoritilgan ZAMONAVIY asarlar;
  • gʻoyaviy-badiiy jihatdan tugal, muqaddam tarjima qilinmagan, jahon dramaturgiyasining klassik va zamonaviy namunalari, dunyo va milliy adabiyotdagi asarlar TARJIMASI hamda INSSENIROVKASI;
  • BOLALAR UCHUN MOʻLJALLANGAN dramatik asarlar.

 

Yuboriladigan asarlarga qoʻyiladigan talablar: Asarlar oʻzbek tilida yozilgan boʻlishi, 3 nusxada (elektron variant bilan), A4 kattalikdagi qogʻozga, 1,5 intervalda koʻchirilgan, 14 kegel kattalikda va 30–40 sahifadan ortmagan boʻlishi lozim.

Tanlov gʻoliblari 4 ta yoʻnalish boʻyicha quyidagi tartibda mukofotlanadi:

  • 1-oʻrin (har bir yoʻnalish boʻyicha 4 ta) eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida;
  • 2-oʻrin (har bir yoʻnalish boʻyicha 4 ta) eng kam oylik ish haqining 80 barobari miqdorida;
  • 3-oʻrin (har bir yoʻnalish boʻyicha 4 ta) eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida;

Tanlovga yoshidan qatʼiy nazar, barcha ijodkorlar istalgan janrdagi asarlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, tanlovga mualliflar 3 tagacha asar taqdim qilish huquqiga ega. Ijodiy ishlar joriy yilning 30-dekabriga qadar repertuar@umail.uz elektron manzilida qabul qilinadi.

 

Sizni qiziqtirgan savollar va qoʻshimcha maʼlumotlarni (71)239-49-01; (71) 239-43-73 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

 

Nurillo TOʻXTASINOV tayyorladi.

 

Manba: tanlov.uz

https://saviya.uz/hayot/jarayon/sahna-asarlari-uchun-tanlov-elon-qilindi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x