Rustam Mahmudov — Yoring bo’lay

Sen mening jonimni olgin,
Men sening joning bo`lay.
Qaddi-bo`yingga nigoro,
Damda qurboning bo`lay. (x2)

Bu sharaf yo`lida farz,
Mendan murod, sendan karam.
Vaslingga yetkaz visol,
Yoningda kamroning bo`lay.

Vaslingga yetkaz visol,
Yoningda kamroning bo`lay.

Men sening yoring bo`lay,
Men sening joning bo`lay.
Qaddi-bo`yingga nigoro,
Damda qurboning bo`lay.

Qaddi-bo`yingga nigoro,
Damda qurboning bo`lay.

Men senga sodiq vafodor,
Sen menga sarviravon. (x2)
Lutf ayla, bir umrlik
Tanda darmoning bo`lay. (x2)

Men sening yoring bo`lay,
Men sening joning bo`lay.
Qaddi-bo`yingga nigoro,
Damda qurboning bo`lay.

Qaddi-bo`yingga nigoro,
Damda qurboning bo`lay.

Sen menga xurshidi tobon,
La’li xandon bo`l mudom. (x2)
Men senga doston bitay,
Sodiq g`azalxoning bo`lay. (x2)

Men sening yoring bo`lay,
Men sening joning bo`lay.
Qaddi-bo`yingga nigoro,
Damda qurboning bo`lay.
Qaddi-bo`yingga nigoro,
Damda qurboning bo`lay. (x2)

Qaddi-bo`yingga nigoro,
Damda qurboning bo`lay. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x