ROMANOV QOʻY ZOTI

ROMANOV QOʻY ZOTI — poʻstinbop teri beradigan dagʻal junli koʻy zoti. 18-a. da Yaroslavl guberniyasi (Rossiya)ning Volgaboʻyi hududlarida mahalliy shim. kalta dumli qoʻylardan xalq seleksiyasi asosida yaratilgan. Qoʻchqorlarining tirik vazni 65—70, sovliklariniki 45—55 kg. Qoʻchqorlaridan 2—3 kg, sovliqlaridan 1,5—1,7 kg jun olinadi. Juni uz. 3—8 sm. Junidan kigiz etik (piyma) bosiladi. Romanov qoʻy zotining jun qoplamida qiltiq tolaga nisbatan tivit tolalar koʻp, oʻrtacha nisbati 1:5, 1:6. Tivit tolasining uzunligi boʻyicha qiltiq toladan koʻp boʻlgani uchun jun qoplami oshlangan terida yotib (yassilanib) qolmaydi. Romanov qoʻy zotining eng muhim xislati ular tabiatan tugʻma serpushtdir. 100 qoʻydan oʻrtacha 225—235 qoʻzi olinadi. Ayrimlari 4 ta, hatto 6 tagacha qoʻzi tugʻadi.

20-a. ning 80-y. larida Romanov qoʻy zoti qorakoʻl qoʻylari pushtini oshirish maqsadlarida Oʻzbekiston qorakoʻlchilik i. t. in-tida oʻrganilgan. Qorakoʻl sovliqlarini Romanov qoʻy zoti qoʻchqorlari bilan chatishtirishda eʼtiborga loyiq natijalar olingan, lekin tadkiqrtlar hali yakunlanmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x