RISQIYEV Toʻxtapoʻlat Tursunovich

RISQIYEV Toʻxtapoʻlat Tursunovich (1944.3.11, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), texnika fanlari d-ri (1993). ToshDUni tugatgan (1970). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida ishlagan (197072). Fizikatexnika in-tida ilmiy xodim, lab. mudiri, direktor oʻrinbosari (197292). Oʻzbekiston Resublikasi Fan va texnika davlat komiteti raisining birinchi oʻrinbosari (1992—93, 1994—97). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim va ijtimoiy muammolar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi (1993—94, 1997—2003). 2003-y. dan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shim. Irlandiya Qoʻshma Qirolligidagi favkulodda va muxtor elchisi. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda yuqori konsentratsiyalashtirilgan quyosh energiyasidan foydalangan hodda xususiyatlari oldindan belgilangan yangi materiallarni yaratish texnologiyalariga oid.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x