Razzoq Abdurashid

Tarjimai hol

Razzoq Abdurashidning hayot yo‘li o‘z tengdoshlari hayot yo‘lidan uncha farq qilmaydi. Razzoq Abdurashid ham boshqa shoirlar kabi Vatan, muhabbat mavzularida she’rlar yozdi. Insonning murakkab tuyg‘ularini, ruhiyatini kuyladi. Uning tarjimon sifatidagi faoliyati ham diqqatga sazovor.

Razzoq Abdurashid Pushkin, N.Hikmat, Rasul Rizo, R.Hamzatov, Musa Jalil she’rlarini, Samad Vurg‘un, Yegor Isayev dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.

Razzoq Abdurashid 1935 yilning yozida (rasmiy hujjatlarda 1936 yil 4 yanvar) Toshkentning Ko‘kcha dahasidagi Shofayizquloq mahallasida tavallud topdi.

Otasi Abdumajid Abdurashid o‘g‘li o‘ziga to‘q savdogarning o‘g‘li bo‘lib, 20-yillarda savdo ishi bilan shug‘ullangan. Do‘koni tortib olingach, kolxozga ishga kirgan. Savodli, arab, lotin, kirill alifbolarida o‘qish, yozishni bilgan.

Onasi Nurinisa Isroilboy qizi uy bekasi edi. Eski maktabda o‘qigan, o‘ziga yarasha savodi bor edi. Mashrab, Yassaviy, Fuzuliy g‘azallarini yod o‘qirdi.

Razzoq Abdurashid 1953 yilda o‘rta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. 1958 yilda universitetni bitirib, «Gulxan» jurnaliga adabiy xodim sifatida ishga qabul qilindi.

Razzoq Abdurashid ham boshqa shoirlar kabi Vatan, muhabbat mavzularida she’rlar yozdi. Insonning murakkab tuyg‘ularini, ruhiyatini kuyladi.

Razzoq Abdurashidning tarjimon sifatidagi faoliyati ham diqqatga sazovor. U Pushkin, N.Hikmat, Rasul Rizo, R.Hamzatov, Musa Jalil she’rlarini, Samad Vurg‘un, Yegor Isayev dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Ayniqsa, Samad Vurg‘unning haroratli tarjimoni sifatida o‘quvchilar e’tiboriga tushdi. Uning uchta kitobini tarjima qilib, o‘zbek kitobxonlariga taqdim etdi.

Razzoq Abdurashid 60 yildan boshlab ijodiy va ijtimoiy faoliyati boshlandi. Vaqtli matbuotda birin-ketin she’rlari e’lon qilindi. 1962 yilda esa birinchi kitobi — «Yo‘l boshida» chop etildi. Bu kitobga kirgan she’rlarini saralashda ustozi, shoir Shuhratning xizmati katta bo‘lganini muallif hurmat va ehtirom bilan qayd etadi. Shundan beri o‘ttiz besh yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu davrda shoirning «Kaftimda olam», «Kayfiyat», «Bodom guli», «Musaffo osmon», «Yorug‘lik», «Ehtiros», «Otalar chirog‘i», «Yo‘l o‘rtasi» kabi 20 ga yaqin kitoblari nashr etildi. U «Quyoshga qo‘l ko‘targan», «Toshfaryod», «Yulduzlar xayoli», «Umrdan lavhalar», «Tiriklar» kabi dostonlar yaratdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x