Razzoq Abdurashid (1935)

Razzoq Abdurashid 1935 yilning yozida (rasmiy hujjatlarda 1936 yil 4 yanvar) Toshkentning Koʻkcha dahasidagi Shofayizquloq mahallasida tugʻildi. Otasi Abdumajid Abdurashid oʻgʻli oʻziga toʻq tujjorning zuryodi, oʻzi ham savdo ishi bilan shugʻullangan, arab, lotin, kirill alifbolarini bab-baravar biladigan, ilmli, zukko kishi boʻlgan. Onasi Nurinisa Isroilboy qizi esa eski maktab taʼlimini olgan, Mashrab, Yassaviy, Fuzuliy gʻazallarini yoddan bilgan oqila uy bekasi boʻlgan.

Razzoq Abdurashid Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetida (1953–1958) tahsil olib, “Gulxan” jurnalida adabiy xodim sifatida ish boshladi.

1962 yilda “Yoʻl boshida” nomli birinchi kitobi chop etiladi. Shundan soʻng birin-ketin “Kaftimda olam”, “Kayfiyat”, “Bodom guli”, “Musaffo osmon”, “Yorugʻlik”, “Ehtiros”, “Otalar chirogʻi”, “Yoʻl oʻrtasi” kabi yigirmaga yaqin kitobi kitobi nashr etildi. “Quyoshga qoʻl koʻtargan”, “Toshfaryod”, “Yulduzlar xayoli”, “Umrdan lavhalar”, “Tiriklar” kabi dostonlari yaratildi.

Razzoq Abdurashidning tarjimon sifatidagi faoliyati ham diqqatga sazovor. U Pushkin, Nozim Hikmat, Rasul Rizo, Rasul Hamzatov, Musa Jalil sheʼrlarini, Samad Vurgʻun, Yegor Isayev dostonlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Ayniqsa, Samad Vurgʻunning haroratli tarjimoni sifatida oʻquvchilar eʼtiboriga tushdi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/razzoq-abdurashid-1935/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x