RASULOV

RASULOV Botir (1948.30.4, Toshkent viloyati Yangiyul sh.) — dirijyor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1987). Toshkent konservatoriyasini gʻijjak ijrochiligi (1971) hamda operasimfonik dirijyorligi (1979) ixtisosliklari buyicha tugatgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasida sozanda (1971—74), Madaniyat in-tida oʻqituvchi (1974 — 79), Toshkent operetta teatrida dirijyor, bosh dirijyor va badiiy rahbar (1979-y. dan), ayni paytda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi (1979-y. dan), dotsent (2001-y. dan), Oʻzteleradiokompaniyaning Doni Zokirov nomidagi xalq cholgʻulari orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari (2000—2002). Dirijyor repertuaridan L. Betxoven, G. Berlioz, P. Chaykovskiy, I. Brams, M. Tojiyev, M. Mahmudov va b. kompozitorlar asarlari oʻrin olgan. Rasulov oʻzbek kompozitorlari (S. Yudakov, Gʻ. Qodirov, F. Nazarov va b.) hamda jahon mumtoz (I. Brams, P. Sarasate, N. Paganini) asarlarini gʻijjakda ijro etib grammplastinkaga yozdirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x