RAHIMOV Matyoqub Rahimovich

RAHIMOV Matyoqub Rahimovich (1918.25.10, Xiva tumani Gandimiyon qishlogʻi — 1993.18.8, Urganch) — xonanda (lirikdramatik tenor) va aktyor. Oʻzbekiston xalqartisti (1967). Urganch pedagogika in-tini tugatgan (1940). Keng diapazonli, jarangdor va tembr boʻyoqlariga boy ovoz sohibi. Oʻrta maktab oʻqituvchisi (1940 — 42 va 194348). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—43). Xiva teatri direktori (1947), Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati teatri aktyori va yetakchi xonandasi (1948—78). Musiqali spektakllarda bir qancha obraz yaratgan: Alpomish (S. Abdulla, T. Jalilov; «Alpomish»), Haydar (K. Yashin, T. Jalilov, G. Sobitov, «Nurxon»), Kdys (Xurshid, T. Sodiqov, R. Glier, «Layli va Majnun»), Gʻarib (Yu. Yusupov, A. Otajonov, «Oshiq Gʻarib va Shohsanam»), Mahtumquli (Q. Matrizayev, A. Otajonov, «Mahtumquli») va b. Repertuaridan X. Bobojonov hamnafaslikda ijro etgan «Maqomi Dugoh», «Nasri Chorgoh», «Talqini Navo», «Ufari Navo» kabi Xorazm maqom yoʻllari, «Suvora» va «Feruz» turkumlari, A. Otajonovning «Loyiq», «Koʻp sogʻintirma», «Shartingni ayt» kabi ashulalari oʻrin olgan. Rahimov haqida «Matyoqub Raximov» (Oʻzkinoxronika studiyasi, 1978) nomli film suratga olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x