QOʻYQIRILGAN QALʼA

QOʻYQIRILGAN QALʼA — qad. otashparastlar ibodatxonasi va qishloq xarobasi (mil. av. 4 — mil. 4-a.). Toʻrtkoʻl sh. dan 22 km shim.-sharqda. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspe-ditsiyasi (rahbari S. P. Tolstov) roʻy-xatga olgan (1938). 1951—57 y. lardagi qazishmalar natijasida qad. xorazmliklarning maqbara-qasri va mil. av. 4—3-a. larga oid doira shaklidagi ikki qavatli markaziy ibodatxona binosi (diametri 44,4 m, bal. 9,5 m ga yaqin) qazib oʻrganilgan. Ibodatxona atrofi 2 qator paxsa va xom gʻishtdan tiklangan mudofaa devori bilan oʻralgan. Qalʼa atrofida xandaq (eni 15 m, chuq. 3 m) boʻlib, qadimda suv bilan toʻldirilgan. Qoʻyqirilgan qalʼa devorida Oʻrta Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq qul-dorlik davri shaharlar qurilishi uslubiga xos boʻrtib chiqib turgan maxsus burjlar boʻlib, ularda oʻq otish uchun nishon tuynuklari bor. Devor bilan markaziy bino oraligʻida xoʻjalik inshootlari joylashgan. Ravoqlar uchun trapetsiya shaklidagi maxsus gʻisht qoʻllanilgan. Qalʼaning sharqiy qismida darvozasi boʻlib, darvoza oldi labirint shaklida qurilgan. Qoʻyqirilgan qalʼa markazidagi 2 qavatli binoga maxsus zinapoyalarda chiqilgan. Uyning tomi tekis. 1-qavatda alohida-atohida 8 ta gumbazli xonalar boʻlib, ular ichidan sopoldan yasalgan tobutlar, idish-tovoqlar, har xil rasmlar solingan yogʻ idish (xum va koʻzacha)lar, naqshinkor suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida maʼbudlarning terrakota haykalchalari, devorga ishlangan rangli naqshlar, osmon jismlarini kuzatishga moʻljallangan buyumlar bor. Ostodonlar dafn marosimlaridan, sopoldagi yozuvlar esa qad. xorazmliklarning tili va yozuvlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.

Ad.: Koy-Krыlgan-kala — pamyatnik kul-turm drevnego Xorezma IV v. do n. e. — IV v. n. e. (otv. red. S. P. Tolstov, B. I. Vaynberg), M , 1967.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x