QOʻRGʻOSHIN

QOʻRGʻOSHIN, Pb — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 82, at. m. 207,2. Tabiiy Qoʻrgʻoshin 5 ta barqaror izotop: 2(,2R (juda oz miqdorda), 2MR (1,5%). 206R (23,6%), 2(|7R (22,6%) va 208R(52,3%) lardan iborat.

Qoʻrgʻoshin miloddan 6—7 ming yil avval Misr, Mesopotamiya va qad. dunyoning boshqa mamlakatlari xalqlariga maʼlum boʻlgan. Ular Qoʻrgʻoshindan haykal, uy anjomlari va b. buyumlar yasashgan. Rimliklar Qoʻrgʻoshindan suv quvurlari sifatida foydalanishgan. Yunoniston va Qad. Rimda Qoʻrgʻoshin birikmalari — Q. kuli RYO va Qoʻrgʻoshin li oq boʻyoq 2RSO,R(ON), turli dori va boʻyoqlar tayyorlash uchun ishlatilgan.

Q. Yer poʻstining massa jihatidan 1,6T0~3%ini tashkil etadi. Uning 80 ga yaqin minerali maʼlum (bulardan eng muhimi galenit R5). Polimetall rudalarning oksidlanish zonalarida Qoʻrgʻoshinning (90 ga yaqin) ikkilamchi rudalari hosil boʻladi, ular jumlasiga anglezit R804, serussit RSO,, krokoit RSg04, piromorfit R,(RO,),S1 kiradi. q. radioaktiv elementlarning yemirilishidan hosil boʻlgan oxirgi mahsulot sifatida uran, toriy va aktiniy rudalarida uchraydi. Biosferada Qoʻrgʻoshin oz miq-dorda va tarqoq holda boʻladi (tirik organizmda 5-10 3%, dengiz suvida ZT0_9%). Tabiiy suvlardagi Qoʻrgʻoshin ionlari loyga yutilib, vodorod sulfid taʼsirida R8 holida suv tubiga choʻkadi, natijada dengiz balchigʻida Qoʻrgʻoshin toʻplana boradi.

Qoʻrgʻoshin yoqlari markazlashgan kub shaklida kristallanadi. Qoʻrgʻoshinning allotropik shakl oʻzgarishi yoʻq; suyuqlanish t-rasi 327,4°, qaynash t-rasi 1725°, zichligi 11,34 g/sm3. Q. ning oʻz birikmalaridagi oksidlanish darajalari +2 va +4; kimyoviy faol element emas. Qoʻrgʻoshinning R20, RYO, R02, R304 va R203 tarkibli oksidlargʻgmaʼlum. Kis-lorodsiz sharoitda suv Qoʻrgʻoshinga taʼsir etmaydi. Qning R (ON), va (RYON)4 tarkibli gidroksidlari amfoter. vodorodli birikmasi RN4 rangsiz gaz, beqaror modda, u R va N2 ga parchalanadi. Qoʻrgʻoshin galogenlar bilan birga qizdi-rilsa, RX2 tarkibli, suvda oz eruvchan galogenidlar hosil qiladi (bu yerda X—galogen).

Sanoatda Qoʻrgʻoshin R8 va qisman Qoʻrgʻoshinning kislorodli birikmalaridan olinadi. Metall holdagi q. olish uchun R8 ni havo ishtirokida kuydirib, hosil boʻlgan RYO ni koʻmir taʼsirida xomaki Qoʻrgʻoshinga qadar qaytariladi. Kuydirish jarayonida paydo boʻladigan R8Yu3 ni qaytarish uchun ohak qoʻshiladi. Xomaki Qda 92—98% R boʻlib, qolgan qismini Si, A§ (baʼzan Ai), 2p, 8p, A$, V1, Gʻye tashkil qiladi.

Qoʻrgʻoshin juda koʻp miqdorda q. akkumulya-torlari uchun sarflanadi. Qoʻrgʻoshin u-va b. radioaktiv nurlarni yutishi sababli Qoʻrgʻoshindan radioaktiv moddalar saqlanadigan idishlar, rentgen xonalari uchun qurilmalar tayyorlanadi. Elektr kabellarni korroziyadan va mexanik taʼsirdan himoya qilish uchun Qoʻrgʻoshin bilan qoplanadi. Qoʻrgʻoshin asosida juda koʻp qotishmalar hosil qilinadi. Qoʻrgʻoshin oksid RYO billur va optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi. Uning azidi va stifiati (tri-nitrorezorsinati) portlovchi moddalar uchun tutantiriq sifatida ishlatiladi. Qoʻrgʻoshinning tetraetili esa antide-tanatordir. N28 ning bor-yoʻqligini aniqlash uchun q. atsetatdan foydala-niladi. Qoʻrgʻoshinning barqaror izotopi 204R va radiaktiv izotopi 2|2R nishonli atomlar sifatida qoʻllanadi. Qoʻrgʻoshin li dorilardan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi.

Oʻsimliklar oʻzi uchun kerakli Qoʻrgʻoshinni tuproqdan, suvdan va atmosfera yogʻinlaridan oladi. Odam organizmiga 1 sutkada ovqat orqali 0,22 mg cha, suv orqali 0,1 mg cha, chang orqali 0,08 mg Qoʻrgʻoshin kiradi. Qoʻrgʻoshin miqdori sutkasiga 0,2—2 mg dan oshmasligi kerak. Ortiqcha Qoʻrgʻoshin organizmni zaharlaydi. Natijada jigar, yurak-tomir sistemasi, oʻpka va b. organlar kasallanadi. Bunday bemorlarni davolashda maxsus (komplekson hosil qiluvchi) va umuman sogʻayti-ruvchi dorilar (glyukoza, turli vita-minlar) hamda fizioterapiya usullari qoʻllanadi. Qoʻrgʻoshindan xastalanishni bar-taraf qilishda profilaktika katta ahamiyatga ega. Bu maqsadda Qoʻrgʻoshin oʻrniga boshqa metall (mas, rux) ishlatish, Qoʻrgʻoshin li oq boʻyoq oʻrniga titanli oq boʻyoqdan foydalanish, Qoʻrgʻoshin ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, ish joylarini shamollatish, ishchilarni shaxsiy himoya qilish, parhez saqlash, vaqt-vaqti bilan tibbiyot koʻrigidan oʻtkazib turish katta ahamiyatga ega.

Ad.: Rahimov X. R., Anorganikximiya, T., 1984; Kasmmova S. S., Biogennne elementm, T., 1990.

Stalina Qosimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x