QIYOSIY GRAMMATIKA

QIYOSIY GRAMMATIKA — ikki yoki undan ortiq tilni oʻzaro qiyoslash orqali ulardagi oʻxshashlik yoki tafovutlar belgilanadigan grammatika; «kontrastiv grammatika» deb ham ataladi. Qiyosiy grammatika tillarning fonologik, morfologik, sintaktik, semantik va leksik sathlarini qiyoslab oʻrganadi. Tillarni bunday oʻrganish qiyosiy metod vositasida amalga oshiriladi. Bunda oʻzaro qarindosh tillar yoki turli tizimdagi tillar qiyoslab oʻrganiladi. Oʻzaro qarindosh tillar qiyoslanganda, qiyosiytarixiy metoddan ham foydalanilsada, tillar sinxron tarzda oʻrganiladi.

Qiyosiy grammatika asoschisi ruspolyak tilshunosi Boduen de Kurtene hisoblanadi. Yevropa tilshunosligida Qiyosiy grammatika elementlari 18—19-asrlarda yaratilgan grammatikalarda koʻzga tashlanadi. Hindevropa tillarining dastlabki Qiyosiy grammatika lari nemis olimlari F. Bopp va A. Shleyxerlar tomonidan yozilgan. Qiyosiy grammatikaning asosiy tamoyillari va qiyosiy metodning tilshunoslik metodi sifatida shakllanishi 20-asrning 30—40-y. lariga toʻgʻri keladi. Qiyosiy grammatika nazariyoti va amaliyotiga yevropa va rus tilshunoslaridan Sh. Balli, S. I. Bernshteyn, Ye. D.

Polivanov, L. V. Shcherba, A. A. Reformatskiy va boshqalar katta hissa qoʻshganlar. Oʻzbekistonda Qiyosiy grammatikaga oid amaliy tadqiqotlar Ye. D. Polivanov, V. V. Reshetov, I. A. Kissen, O. A. Azizov, Sh. Rahmatullayev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.

Ad.: Polivanov Ye. D., Russkaya grammatika v sopostavlenii s uzbekskim yazmkom, T., 1933; Yarseva V. N., Kontrastivnaya grammatika, M., 1981; Azizov A. A., Sopostavitelnaya grammatika russkogo i uzbekskogo yazmkov, T., 1983. Gavhar Toʻxliyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x