Qisqa, ma’noli va ajoyib ta’sirli hikoyalar

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

E’tiboringizga qisqa va ta’sirli hikoyalarni havola etamiz.

1. «Eslash…»

– Bitta savol bersam maylimi?
– Mayli.
– Ayrilgan vaqtlarimizda meni eslab turdizmi?
– Unchalikmas, eslamadim…
– Rostdan eslamadizmi?
– Rostdan eslamadim.
– Bir marta hammi?
– Bir marta ham
– Hm… sad
– Nega qovog‘ingni solasan, axir eslash uchun avval esdan chiqarish kerak. Seni esdan chiqarib bo‘larkanmi, jinnivoy. Boshqa bu savolni berma…
––––––––––––––––––––––––––––

2. «Javob…»

– Katta bo‘lgach kim bölishni xohlaysan?
– Baxtli bo‘lishni xohlayman!
– Yo‘q, sen savolni tushunmading…
– Yo‘q, siz javobni tushunmadiz!
––––––––––––––––––––––––––––

3. «O‘zgarish…»

– Allo!
– …
– Allo!
– … Salom, azizam…
– …
– Qalaysan? Sog‘lig‘ing yaxshimi? Seni juda sog‘indim.
-Unda nega qo‘ng‘iroq qilmadiz? Men sizni kutdim…
– Meni kechir. Men
baxtimdan qochdim.
Mas’uliyatsizligimdan ko‘p qiynaldim. Yodingdami, biz kezgan xiyobonlar? Birga qo‘l ushlashib yurgan damlarimiz? Seni doim katta hovuz oldida kutardim. Kelganingda, hovuzga termulib, niyatlar qilardik…
– … cry
– Yig‘lama, azizam. Kel boshidan boshlaymiz barchasini. Yoki mendan ko‘ngling qoldimi?
– Yo‘o‘o‘q. . .
– Mendan xafamisan, ketganim uchun?
– Yo‘o‘o‘q. . .
– Meni endi sevmay
qo‘ydingmi?
– Yo‘q unday emas.
– Unda kel, o‘z baxtli hayotimizni quramiz. Endi seni hech qachon tashlab ketmayman.
-Iltimooos. . .
– Doim yoningda bo‘laman, Hayotim…
– Meni eshiting!
– Senga faqat baxtli
onlarni taqdim etaman. Iltimos, faqat yo‘q dema. . . !
– Ilojim yo‘q meni.
– Nega?
– Endi kech!
– Nima uchun?
– Hammasi o‘zgardi…
– Nima? Yarim yilda nima o‘zgardi?
– Men turmushga chiqdim…
– …
––––––––––––––––––––––––––––

4. «Qo‘ng‘iroq…»

– Allo…
– Allo… Bu menman…
– Ha oyi, tinchlikmi?
– Tinchlik, o‘zing yaxshimisan?
– Oyi, shuni so‘rash uchun telefon qilyapsizmi, soat necha bo‘lganini bilasizmi?
– Bilaman bolam, 3 bo‘ldi…
– Bilsangiz, yarim kechasi telefon qilib, bezovta qilishingiz shartmidi? Ertalab gaplashsak ham bo‘lardiku!
(Ona ko‘zi yoshga to‘lib javob berdi:)
– Bundan roppa-rosa 30 yil oldin shu soatda sen ham meni bezovta qilganding. Tug‘ilgan kuning bilan
bolajonim…
––––––––––––––––––––––––––––

5. «O‘xshashlik…»

– Yaxshi qiz, bilasizmi, bolalarimning onasiga juda ham o‘xsharkansiz?
– Yo‘g‘e?
– Ha…
– Nechta farzandingiz bor o‘zi?
– Hozircha, bitta ham emas…

Manba: Zamin.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x