QIPCHOQ TILI

QIPCHOQ TILIturkiy tillar oilasiga mansub oʻlik til; Dashti Qipchoq choʻllaridan Qora dengiz boʻyi choʻllarigacha boʻlgan ulkan hududda yashagan va musulmon manbalarida «qipchoq», «qifchoq», yevropa manbalarida «kuman», «koman», «kun», rus manbalarida «poloves» deb atalgan yirik qabilalar ittifoqining asosi hisoblangan qipchoqlar tili haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1052-y. ga mansub.

Qipchoq tili yozma yodgorliklardagina saqlanib qolgan. Moʻgʻul bosqinigacha boʻlgan Qipchoq tili haqidagi maʼlumotlar oz boʻlib, ular Mahmud Koshgʻariy lugʻati materiallari, 13-a. gacha boʻlgan rus solnomalarida uchraydigan atoqli otlar va toponimlardan iborat. Moʻgul istilosidan keyingi yozma manbalar sifatida 13 — 14-a. larda Misrda tuzilgan, muallifi nomaʼlum turkiycha-arabcha lugʻatni («Tarjumoni turki va ajami va mugʻali»), Abu Hayyonning «Kitob ul-idrok lilison ul-atrok» («Turkiy tillarni oʻrganish kitobi», 1313), Jamoliddin Turkiyning «Kitobu bulgʻot ul-mushtoq fil-lugʻot it-turk val-qifchoq» («Turk va qipchoq tillarini xohlovchilar uchun mukammal kitob», 14 — 1 5-a. lar), nomaʼlum muallifning «Kitob attuhfat uzzakiyyata fil lugʻat it-turkiyya» («Turkiy til haqida noyob tuhfa», 14-a.) kabi lugʻatlarni koʻrsatish mumkinki, ular Qipchoq tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Qipchoq tilining eng yirik yodgorligi — italyan va nemis monaxlari tomonidan tuzilgan va fanda «Kodeks Kumanikus» deb nom olgan, 2994 soʻzli lotincha-forscha-qipchoqcha lugʻat, «Yangi ahd»dan parchalar xamda duolar tarjimasi va 50 ta topishmoqdan iborat boʻlgan asardir. 1294-y. yaratilgan bu asarni 1880-y. da Budapeshtda G. Kun nashr ettirgan.

Qipchoq tili zamonaviy qorachoy-bolqor, qaraim, qrimtatar va qoʻmiq tillariga yaqin, oʻxshash boʻlgan. Shu bilan birga, fonetik va morfologik oʻziga xosliklarga ega, leksikasida arab, fors, grek tillaridan oʻzlashmalar mavjud boʻlgan.

Ad:. Gruiin T. I., Dokumentm na poloneskom yazmke XVI v., M., 1967; Baskakov N. A., Vvsdsniye v izuchsniye tyurkskix ya zikov, 2-izd., M., 1969; Chschenov A. A., Yazj Ognosheniye k sovremennsh zapadno-kipchakskim yazmkam, M., 1979; Qoʻchqortoyev I.. Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T.. 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x