QAYUM RAMAZON

QAYUM RAMAZON (taxalluslari: Qayum, Oʻktam, Turgʻunboy qori, Ramazon qori) (1900 — Toshkent — 1938.4.10) — oʻzbek pedagogi, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos. Onasi Mastura otin Abduqodir aʼlam Rajabboy qizi yordamida savodini chiqargan va Munavvarqorining yangi usul maktabi hamda madrasada, Boku ped. Institutida (1916-17) oʻqigan. 191821-yillarda oʻqituvchilar tayyorlash kursi va boshlangʻich maktablarda oʻqituvchi. Fitrat bilan birga «Chigʻatoy gurungi»ni tashkil qilgan va unda kotib boʻlib ishlagan (1919). «Qizil bayroq» va «Turkiston» gaz. larida adabiy xodim (1921—23), Oʻzbekiston MIK qoshidagi Yangi oʻzbek alifbosi markaziy qoʻmitasi aʼzosi (1929—30), Fan komiteti huzuridagi Til va adabiyot in-tida dotsent (1934—37). Teatr tanqidchisi sifatida «Abu Muslim», «Uygʻonish», «Yalangʻoch eshon», «Shayx Sanʼon», «Farhod va Shirin», «Malikai Turandot», «Hujum», «Halima», «Kovai ohangar» spektakllariga taqriz yozgan. Oʻzbek maktablari uchun dastlabki ona tili darsliklarini yaratgan. «Ona tili» (Fitrat va Sh. Rahimiy bilan birga, 1918), «Bilim yoʻllari», «Yozuv yoʻllari» (1919), 4 kitobdan iborat «Oʻzbekcha til saboqligi» (Munavvarqori va Sh. Zunnun bilan hamkorlikda, 1925 — 26), «Yer yuzidagi tillar orasida oʻzbek tili» (1930), «Oʻzbek tilining imlo qoidalari» (1931), «Oʻzbek tilining birlashgan imlo qoidasi» (1934), «Oʻzbek tili ish kitobi» (Sh. Shamsiy bilan hamkorlikda, 1935 — 36) kitoblari muallifi. «Xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. 1957-yilda oqlangan.

Sirojiddin Ahmedov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x