QAND-SHAKAR SANOATI

QAND-SHAKAR SANOATI — oziqovqat sanoati tarmogʻi, qand lavlagidan oq shakar va shakardan kesma oq qaNd ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni qamraydi. Tropik mintaqalar va subtropiklardagi mamlakatlarda shakar va qand shakarqamishdan olinadi. Qandshakarni aholi koʻp isteʼmol qiladi va oziq-ovqat sanoatining bir qator tarmoqlarida keng qoʻllanadi.

Shakarqamishdan shakar olish juda qadimdan maʼlum boʻlgan. 16-asrda Hindistonda sanoat yoʻli bilan shakarqamishdan shakar ishlab chiqarila boshlagan. 18-asr oxirida Rossiya va Germaniyada qand lavlagidan shakar olish texnologiyasi yaratildi. 20-asr oxiriga kelib jahon miqyosida ishlab chiqariladigan (1999-yilda 133 mln. t) xom (sariq) shakarning 55% shakarqamishdan, qolgani lavlagidan olinadi.

Oʻzbekistonda 20-asr boshlariga qadar qand chetdan keltirilgan xom ashyodan hunarmadqandolatchilar tomonidan ishlab chiqarilgan («kallaqand»).

19-asrning 2-yarmida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin 1893-yilda Rossiya Harbiy akademiyasining prof., injener — polkovnik V. M. Ivanov Toshkent viloyatida shakar z-di qurish maqsadida «Turkiston qishloq xoʻjaligisanoat shirkati»ni tuzdi va Eski Qovunchi qishlogʻi (hoz. Yangiyoʻl shahri) atrofidan 200 ga yer olib, mevali daraxtlar, paxta va sabzavotlar ekib, hosildan olingan daromadga shakar z-di qurishni rejalashtirdi. Qand lavlagi yetishtirishni mahalliy aholiga oʻrgatish uchun Ukrainadan 100 ga yaqin lavlagikorlar, Fargʻona vodiysidan 50 ga yaqin suvchilar jalb etildi. 1903 yil germaniyalik mutaxassislar yordamida Turkiston oʻlkasida yagona boʻlgan bu shakar z-dida ilk marotaba oq shakar olishga erishildi. 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga Ukrainadan 3 ta shakar z-di koʻchirib keltirildi va Samarqand (Kattaqoʻrgʻon, Zirabuloq), Fargʻona viloyatlariga (Qoʻqon) oʻrnatildi. Bu 4 zd (Yangiyoʻl z-di bilan) har yili 200 ming t ga yaqin shakar ishlab chiqarib, sobiq Ittifoq aholisi va harakatdagi armiya qismlarini shakar bilan taʼminlab turdi. Oʻzbekistonda paxta yakkahokimligi tufayli shakar ishlab chiqarish pasayib, 1954—55 yillarda 4-marta kamaydi (50 ming t), Markaz qarori bilan Oʻzbekistondagi shakar zdlarining barchasi Ukrainaga koʻchirib olib ketildi.

Oʻzbekiston Respublikasida shakar muammosini qisman hal etish uchun 1993-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan shakarni respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyo — qand lavlagidan olish maqsadida Turkiya mutaxassislari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Hazorasp shahrida Xorazm shakar z-dini qurish ishlari boshlandi. Korxona 1995-yilda ishga tushirildi. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda qand lavlagi yetishtirish yoʻlga qoʻyildi (loyiha quvvati 1 sutkada 3 ming t qand lavlagini qayta ishlab, 300 tonna shakar ishlab chiqarishga moʻljallangan).

Chet ellarda Qand-shakar sanoatida shakarqamishdan shakar ishlab chiqarish AQSH, Kuba, Hindiston, Braziliyada, qand lavlagidan shakar ishlab chiqarish Ukraina, Rossiya, Fransiya, Germaniyada, Boltiqboʻyi mamlakatlarida rivojlangan, Qozogʻiston, Qirgʻizistonda ham bu tarmoq korxonalari ishlaydi.

Ad.: Markovich P. Ya., Vozniknoveniye sveklosaxarnogo prommshlennosti v Turkestanskom kraye. Usloviya saxarnogo sveklovodstvo v Tashkentskom oazise. Sankt-Peterburg, 1906; Biyashov G. Z., Kulturasaxarnoy sveklm v Kazaxstane. AlmaAta, 1949.

Tohir Abdullayev, Vasila Abdullayeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x