“Qalblar halol luqma yeyish sababli yumshaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Moʻminlarning onasi Oisha roziyallohu anho

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qalblarida Oisha roziyallohu anhoning oʻziga xos oʻrnilari bor edi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhoga boʻlgan muhabbatlarini zohir qilar, maxfiy tutmas edilar.

Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, albatta, Nabiy sollallohu alayhi vasallam u kishini Zotus salosil qoʻshiniga qoʻmondon etib yubordilar. U kishi (Amr roziyallohu anhu) dedilar: “U zot sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bordim va: “Insonlarning qaysinisi sizga mahbubroq?” dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Oisha” dedilar. “Erkaklardanchi?” dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Uning otasi” dedilar. “Keyin kim?” dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Keyin Umar ibn Xattob” dedilar. Shu tarzda (bir necha) kishilarni sanadilar”.

Muttafaqun alayh.

*****

Ayolning aqli va dini noqisligining sababi

«Sahihayn»dagi Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhuning hadisi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qurbon hayiti yoki Ramazon hayiti kuni namozgohga chiqa turib, ayollar yonidan oʻtdilar va: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, chunki, men doʻzax ahlining koʻpi sizlar ekaningizni koʻrdim» dedilar.

Ular «Nima sababdan shunday, ey Rasululloh?» deb soʻrashdi.

U zot «Laʼnatni koʻpaytirasizlar va erga nonkoʻrlik qilasizlar. Aqli va dini noqis boʻla turib, sizlarning biringizdan koʻra ehtiyotkor erkakning aqlini ketkizuvchirogʻini koʻrmadim» deb javob berdilar.

Ular «Dinimizning va aqlimizning noqisligi nima, ey Rasululloh?» deya soʻrashdi.

U zot «Ayolning guvohligi erkak guvohligining yarmiga teng emasmi?!» deya soʻradilar.

Ular «Teng» deyishdi.

U zot «Mana shu aqlining noqisligidandir. Ayol hayz koʻrganda, namoz oʻqiy olmay, roʻza tuta olmay qolmasmidi?!» dedilar.

Ular «Shunday» deyishdi.

U zot «Mana shu dinining noqisligidandir» dedilar». 

*****

Kim uni, yaʼni namozni muhofaza qilsa, namoz u uchun nur, burhon (hujjat) va doʻzaxdan najot boʻladi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu

*****

Ushbu toʻrt narsa biz uchun yaxshiroq va boqiyroqdir:

  1. Subhanalloh.
  2. Alhamdulillah.
  3. Laa ilaha illalloh.
  4. Allohu akbar.

“Xovatir roqiya jurnali”

 

***** 

Allohning taqsimiga rozi boʻling! Xuddi hamma narsasi bor kishi kabi boʻling! Allohning siz uchun yozib qoʻygani siz xohlagan narsalardan yaxshiroq, latifroqdir.

Xovatir roqiya jurnali

*****

Dunyo uch kun…

  1. Kecha oʻtdi va u hargiz qaytmaydi.
  2. Bugun yashayapmiz va u ham uzoq davom etmaydi.
  3. Ertaga esa, qayerda boʻlishimizni bilmaymiz.

Shunday ekan, insonlarni kechir, xalqni Xoliqqa qoʻyib ber. Men ham, sen ham, ular ham, barchamiz ketuvchimiz. Qalbingning tub-tubidan senga yomonlik qilganni kechir!

Xovatir roqiya jurnali

*****

Yer yuzida Islom dinini ilk qabul qilgan insonning ayol kishi boʻlgani ayollarning faxrlanishlari uchun yetarlidir.

Bu ayol biz moʻminlarning onasi Xadiyja roziyallohu anhodir.

*****

Agar 30 dollarlik soat taqsang yoki 3000 dollarlik soat taqsang ham, baribir, bir xil vaqtni koʻrsatadi.

Agar 30 dollarlik sumkaga ega boʻlsang yoki 300 dollarlik sumkaga ega boʻlsang ham, baribir, ichidagi narsa oʻzgarmaydi.

Agar 300 metrlik uyda yashasang yoki 3000 metrlik uyda yashasang ham, baribir, yolgʻizlikni his qilish bir xil boʻladi.

Oxir-oqibat avtobusning oldi oʻrindigʻiga oʻtirsam ham yoki orqa oʻrindigʻiga oʻtirsam ham, baribir, manzilimga bir vaqtda yetib borishimni tushunib yetdim.

 

Farzandlarimizga boy boʻlishlarini emas, balki, qanday qilib baxtli boʻlishlarini oʻrgataylik. Ana oʻshanda ular katta boʻlganlarida, narsalarning narxiga emas, qiymatiga, qadriga nazar soladigan boʻladilar.

Qalbimizni foniy dunyoga emas, balki, abadiy Oxirat va Jannatga bogʻlaylik!

*****

Tirikning yolgʻizligi — uning yonida biror kishi boʻlmasligidir. Oʻlikning yolgʻizligi — uning uchun biror kishi duo qilmasligidir.

*****

Ibn Umar roziyallohu anhumo shunday deganlar:

«Albatta, men tashqariga, insonlarga salom berishim va ular menga salom berishlari uchun chiqaman».

*****

Atrofimizdagi shaxslarning haqiqatini faqat Alloh biladi. Shuning uchun doimo:

“Ey Alloh, menga yaxshilikni ravo koʻradigan kishiga meni roʻpara qil va uni menga roʻpara qil! Menga yomonlikni ravo koʻradigan kishidan meni burib yubor va uni mendan burib yubor!” deb ayting.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

«QALBLAR HALOL LUQMA YeYISH SABABLI YUMShAYDI».

Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh

*****

Agar ayol oʻqib-oʻrgansa, turmushga chiqsa, yaxshi koʻrsa, ixlosli boʻlsa, homilador boʻlsa, farzandni dunyoga keltirsa, emizsa, tarbiya qilsa, ishlasa, bezovtalik va qoʻrquvga bardosh bersa, oxirida bularning hammasini noqis aql bilan qilgan boʻlsa!

Agar aqli noqis boʻlmaganda qanday boʻlardi?!!

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

30 yoshlarida musulmon boʻldilar. 36 yoshlarida vafot etdilar. 6 yil…

Ey Saʼd ibn Muoz roziyallohu anhu! Vafotingiz sababli Rahmonning Arshi titrashi uchun oʻsha 6 yil mobaynida nima amal qildingiz?!!

*****

– Menga jannatning neʼmatlarini vasf qilib ber, deya soʻradi.

– U yerda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam borlar, dedi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Sogʻlom holingda chirigan boʻyra ustida uxlashing bemor holingda oltin karovat ustiga yotqizib qoʻyilishingdan yaxshidir.

«Alkalimut toyyib»

*****

Tildan koʻra qamoqda uzoqroq saqlashga loyiq hech narsa yoʻq.

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu

*****

Qancha koʻp gapirsang, shuncha koʻp xato qilaverasan. Ammo Allohni qancha koʻp zikr qilsang, gunohlaring ham shuncha koʻp oʻchirilaveradi.

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/qalblar-halol-luqma-eyish-sababli-yumshaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x