QALʼA

QALʼA — qadimda va oʻrta asrlarda bino qilingan mustahkam mudofaa istehkomi. Yozma manbalarda Qalʼa qoʻrgʻon, istehkom, hisor va shahar maʼnolarida tilga olinadi. Qalʼalar, doira, toʻgʻri toʻrtburchak, kvadrat yoki oval tarhli boʻlib, atrofi bal. oʻrtacha 9—10 m, qalinligi 3—4 m. mudofaa devori bilan oʻralgan. Devor tashqarisidan chuqur (2 — 3 m) va kengligi 10—15 m li xandaqzovur kavlangan. Qalʼa devori paxsa va yirik xom gʻishtlardan barpo etilgan. Devor boʻylab moʻlalar, ayniqsa, uning burchak qismlarida esa doira yoki toʻrtburchak shakldagi burjlar qad koʻtarib, ularning bir yoki ikki qator nishon tuynuklari — shinak (tirkash) lari boʻlgan. Qalʼada bir yoki ikki darvoza boʻlib, ular strategik jihatdan nihoyatda mustahkam (qoʻsh minorali labirintli) qilib qurilgan. Qalʼa ichida aholi turar joylari, ot, ulov va mollar uchun otxona, molxona va qoʻralar boʻlgan. Qamal vaqtlarida esa, zaruriy oziq-ovqat, yemxashak, qurolyarogʻ, kamon oʻqlari va palaxmon toshlari saqlangan.

Qalʼa asosida, keyinchalik shaharlar yuzaga kelib, uning maydoni kengaygan. Baʼzan, Qalʼalar shahar yoki viloyat hukmdorining qarorgohiga aylantirilib, qasr qad koʻtargan va Qalʼaning bu qismida hisor, koʻhandiz yoki ark atamalari bilan yuritilgan oliy dargoh shakllangan. Bunday hukmdor qarorgohini yunonlar akropol, rimliklar kapitoliy deb ataganlar. Shu bois Qalʼa deb Xorazmda shahar yoki mustahkam istehkomli qoʻrgʻonturar joy tushunilgan. Mas, Ayoz qalʼa, Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Tuproqqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa va boshqalar shular jumlasidandir. Buxoro va Qashqadaryo vohalarida Qalʼalar, odatda, qoʻrgʻon deb yuritilgan. Mas, Qoʻrgʻoni Romitan, Yerqoʻrgʻon va boshqalar qoʻrgʻonlar ham mustahkam devor bilan oʻralib, bir nechta darvozasi boʻlgan shahar qiyofasidagi Q hisoblangan (q. Qoʻrgʻon).

Qalʼalar shubhasiz, qadimiy va oʻrta asrlarning oʻziga xos meʼmoriy obidasi hisoblanadi. Ular, avvalo, aholi yashaydigan turar joy, mudofaa inshooti, yovgarchilik davrlarida qamaldagi harbiylar qarorgohi, oziq-ovqat va qurolyarogʻ omborxonalari kabi vazifalarni oʻtagan. Oʻzbekistonda qad koʻtargan Qalʼalar qurilishi uzoq tarixga, oʻz anʼanalari va sermazmun atamalarga ega qadriyatlardan hisoblanadi.

KALʼAI MIR — koʻp qatlamli yirik shahar xarobasi. Tojikistonning Shahrituz tumanidagi Qubodiyon shaharchasida joylashgan. Kofarnihon daryosining quyi oqimida. Mayd. 275×270 m. Q. M. hududidan 1950—51 yillarda Baqtriya usuliga xos inshoot qoldiqlari va mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan mil. 1-asrlargacha boʻlgan moddiy madaniyat ashyolari topilgan. Qalʼa va unga yaqin boʻlgan Kayqubodshoh shahri xarobalarini tekshirish natijasida Shim. Baqtriya yodgorliklarining dastlabki stratigrafik jadvali ishlab chiqilgan (M. M. Dyakonov). Keyinchalik stratigrafiyaga birmuncha aniklik va tuzatish kiritildi. QM. miloddan av. 6 — 4-asrlarga oidligi aniqlandi, 5 tarixiymadaniy davrga boʻlindi (Qubodiyon I—V). Qubodiyon 1 va QubodiyonP bosqichlari oʻrtasidagi katta xronologik uzilish oʻrganildi. Qalʼadan koʻplab sopol idishlar va temir buyumlar topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x