Qadimiy mahallalar. Govkush


Post Views:
130

GOVKUSHShayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Xo‘ja Ro‘shnoyi, Balandmasjid, Degrez mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan va Shayxontohur ko‘chasi (Toshko‘cha; hozirgi Navoiy ko‘chasi)ga tutashgan. Aholisi 600 ga yaqin kishi; asosan, o‘zbeklar. Shayxontohur arig‘idan suv ichgan. Aksariyat aholisi to‘qimachilik, kosibchilik va boshqa hunarlar bilan shug‘ullangan. Do‘kon, masjid bo‘lgan (20-asr boshlari). Mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Otchoparda va Tovkattepada bo‘lgan. Govkushning hozirgi hududida O‘zbek milliy akademik drama teatri va Labzak turar joy mikrorayonining bir qismi joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/qadimiy-mahallalar-govkush/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x