PYEZOMAGNETIZM

PYEZOMAGNETIZM (yun. piezo — bosaman, qisaman va magnetizm) , pyezomagnit effekt — tashqi bosim taʼsirida moddada magnitlanganlik xususiyatining hosil boʻlishi. Pyezomagnetizm moddalarning magnit strukturasiga bogʻliq. Pyezomagnetizm faqat antiferromagnit kristallar (MnF2, CoF2 va Gʻye2O3)da kuzatiladi. Bu kristallarda magnitlanganlik kattaligi elastik kuchlanishga proporsional-dir. Pyezomagnetizmga teskari effekt — antiferromagnetiklarning chiziqli magnito-striksiya effekti ham mavjud. Bu effekt tashqi kuchlanishlar taʼsirida kristall oʻlchami oʻzgarishining magnit maydoniga proporsional boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x