PROTUBERANS

PROTUBERANS (lot protubero – boʻrtmoq) — Quyosh gardishi yaqinida osmon sahnida kuzatiladigan choʻgʻlangan gaz buluti. Quyosh gardishiga proyek-siyalanganda Protuberans qora tolalar tarzida koʻrinadi. Tola gardish chetida boʻlganda, uning bir qismi osmon sahnida yorugʻ Protuberansga aylanadi. Quyosh toʻla tutilgan paytlarda Protuberansni oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin. Protuberans dagi modda zichligi taxm. 1sm3 da 1010 atom, kinetik t-rasi 8000—15000°, mutlaq turbulent tezligi 4 — 10 km/s, magnit maydoni kuchlanganligi 100—200 gauss. P. ning fizik xususiyati Quyosh xromosferasiga oʻxshash. Protuberanslar tashqi koʻrinishi va hara-kat tasnifiga koʻra, sokin, eruptiv, faol turlarga boʻlinadi. Protuberansning oʻrtacha uz. 200 ming km, bal. 50 ming km, qalinligi 5 ming km gacha, ichki qatlamlarining tezligi ~ 10 km/s; 1 — 2 kundan bir necha oygacha mavjud boʻladigan Protuberanslar sokin Protuberans lardir. Eruptiv Protuberanslar esa sokin Protuberans lardan birdaniga paydo boʻlib, ichki qatlamlarining Quyosh sirtidan tashqariga chiqish tezligi bir necha km/s ga tenglashadi. Natijada eruptiv Protuberans larning rivojlanishi bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. Protuberans larning xossalari hali toʻliqaniklanmagan. Lekin Protuberans larning zichligi Quyosh toji zichligidan taxm. 100-marta koʻp, t-rasi esa 20-marta kam. T-raning bunday farqi Quyosh tojidan Protuberansga proton va ionlarning intensiv oʻtishiga sabab boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x