PROTEZLASH

PROTEZLASH — tibbiy-texnik fan; gavdaning mayibmajrux. boʻlgan aʼzolari yoki qismlari shakli va funksiyalarini tiklashga qaratilgan tibbiytexnik tadbirlar sistemasi. Protezlash tibbiyot b-n texnika oʻrtasidagi fan boʻlib, ortopediya, travmatologiya va tiklash jarroxligi bilan bogʻliq. Protezlashga xos maʼlumotlar juda qadimdan maʼlum, Protezlashda, asosan, protez va protez-ortopedik buyumlar, apparatlar, poyabzallar va b. maxsus moslamalardan foydalaniladi. Eshitish apparatlari ham Protezlashning bir turi hisoblanadi. Shuningdek, Protezlashda bemor va mayib kishilarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar; hassa, qoʻltiq tayoq, aravacha va h. k. qoʻllanadi. Oʻzbekistonda Protezlash — qoʻl-oyoklari va b. aʼzolarining anatomik nuqsoni boʻlganlarni moddiy taʼminlash turlaridan biri; mayiblarga maxsus moslamalar, odatda, bepul ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminot hisobidan beriladi. Protezlash ortopediya va travmatologiya i. t. institutlari hamda protez z-dlarida amalga oshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x