PROSTATA BEZI ADENOMASI

PROSTATA BEZI ADENOMASI — yoshi ulgʻaygan erkaklarda prostata bezining kasallanib, oʻsmasimon (xavfsiz) kattalashuvi. Prostata bezi adenomasi sekin rivojlanadi, dastlabki belgisi tez-tez va, ayniqsa, tunda zahartang qilishidir; avvaliga siydik ingichkalanib tusha-di va uzoqqa bormaydi. Bemor goʻyo oyogʻi orasiga siygandek boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan bu holat kuchayadi: siydik tomchilab keladi, baʼzan toʻliqtutilib ^lishi ham mumkin. Kasallik juda oʻtib ketgan hollarda siydik ixtiyorsiz tomaveradi, biroq bemorning qovugʻi boʻshamaganga oʻxshab turadi. Bu belgilar bilan bir qatorda buyrakda ham turli oʻzgarishlar yuzaga keladi. Buyrak kosachalari va jomi kengayadi, buyrak yalligʻlanadi (q. Piyelonefrit); tosh pay-do boʻlishi ham mumkin (q. Siydik-toshi kasalligi). Prostata bezi adenomasi ulgʻayib ketishining oldini olish uchun kasallikning birinchi belgilaridanoq vrachga koʻrinib, uning tavsiyalariga (gigiyenik rejim, parhez va b.) amal qilish lozim. Ay-niqsa, oyoklarni sovqotishdan ehtiyot qilish kerak. Siydik qistaganda dar-hol qovuqni boʻshatish lozim. Prostata bezi adenomasi operatsiya yoʻli bilan davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x