PROFAG (yun. pro — ilgari va… fag) — bakteriya hujayrasida xromosoma bilan bir vaqtda replikatsiya kilinadigan urta miyona bakteriofag genomi; bakteriofagning latent (yashirin) infeksiyasiz shakli. Odatda, bunday fag genomi Profag holatga utishdan oldin bakteriya xromosomasining muayyan qismiga birikib oladi, baʼzan birikmasdan bakteriya hujayrasida DNK halqasi shaklida joylashadi. Fag genomi bilan birikkan bakteriya lizogen bakteriya deyiladi. Profagning hujayrani yemiradigan geni repressiya qilinganligi (taʼsiri tuxtatilgani) tufayli bakteriya uchun zararsiz bulib qoladi. Profag holatga oʻtgan fag genomi bakteriya xromosomasi bilan birga replikatsiya qilinadi. Ammo lizogen bakteriyalardan ayrimlari (mln. dan bittasi)da induksiya yuz berishi, yaʼni Profag yana bakteriya hujayrasini zararlaydigan formaga oʻtib qolishi mumkin. Profag induksiyasi tezligi ayrim omillar (mas, ultrabinafsha nurlar) taʼsirida tezlashishi mumkin. Profag faggeno-mi kodlashtiradigan fermentlar yorda-mida katalizlanadi. Profag induksiyasida fag genomiga bakteriya xromosomasining ayrim qismlari (P. xromosomaga birikkanida) yoki bakteriya DNK si parchalari (P. xromosomaga qoʻshilmaganida) kirib qolishi mumkin. Bunday faglardan maxsus va umumiy trans-duksiya sohasidagi tajribalarda foy-dalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые