POLVONOV

POLVONOV Ota (1867 — Xiva – 1972) — yogʻoch oʻymakori; Xiva yogʻoch oʻymakorligi maktabining yirik namoyandasi. Xiva yogʻoch oʻymakorligi maktabi rivojiga salmokli xissa koʻshgan. Bobosi usta Abdusattor va otasi usta Polvonlar b-n birga ishlab qunar oʻrgangan. Xivadagi koʻpgina binolarning darvo-zasi, eshik, ustunlarini bezashda qat-nashgan. Xivadagi «Umid» artelida oʻyma-korlik brigadasiga boshchilik qilgan (1930— 40-y. lar). A. Boltayevnit naqsh mujassamotlari asosida shogirdi Safo Bogʻbekov b-n birgalikda naqshlagan us-tun va ikki tabaqali eshik Parij xalq-aro amaliy sanʼat koʻrgazmasida namo-yish kilingan (1937). Navoiy teatri binosi uchun eshiklar tayyorlagan (1947), Urganch vokzali binosi uchun 4 ta 2 tabaqali eshikni bezagan (1952). Badiiy koʻrgazmalar va panoramalar direksiyasi (hoz. Zamonaviy sanʼat muzeyi) uchun ustun va eshiklar tayyorlagan. Polvonov ishlaridan namunalar OʻzR va xo-rijiy mamlakatlar muzeylari va toʻplamlaridasaqlanadi. Polvonov yaratgan naksh mujassamotlari (asosan, islimiy) mu-rakkab va jozibador boʻlib, oʻymalarining chuq. 2 mm. dan 30 mm. gachadir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x