PLIOTSEN

PLIOTSEN (yun. pleion — nisbatan koʻp sonli, koʻproq va kainos — yangi) — neogen sistemasi (davri) ning yuqori boʻlimi, Yerning geologik tarixidagi neogen davrining soʻnggi epoxasiga toʻgʻri keladi. Pliotsen 2 mln . dan 7 mln. yilgacha boʻlgan vaqgni oʻz ichiga oladi. Pliotsenni 1833-y. da Ch. Layel ajratgan. Fargʻonada baqtriya seriyasi ajratiladi, u, oʻz navbatida, togap va andijon svitalaridan tarkib topgan. Oʻzbekistonning jan.-gʻarbida va Surxondaryo viloyatida gʻuzor svitasi ajratilgan. Pliotsen yotqiziqlari gil, qum, qumtosh, alevrolit va h. k. jinslardan iborat. Pliotsen yotqizikdarida yirik neft konlari ochilgan: maye. Fargʻonaning jan. dagi Boʻston, Andijon, Xoʻjaobod, Polvontosh, shim. da Moylisuv, Izboskan va b. konlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x