PITSBURG

PITSBURG — AQSHning shim.-sharqiy qismidagi shahar. Pensilvaniya shtatida. Aholisi 334,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Ogayo daryosi boʻyidagi port (yiliga 30 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Pitsburg — mamlakatning yirik savdomoliya va ogʻir sanoat markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, ogʻir mashinasozlik va me-tallsozlik rivojlangan. Metallurgiya sanoati va t. y. transporti uchun jihozlar, koʻprik konstruksiyalari, quvurlar, tibbiyot asbobuskunalari va h. k. ishlab chiqariladi. Elektrotexnika, radioelektronika, stanoksozlik, avtomobilsozlik sanoati korxonalari mavjud. Oynashisha, sement, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat korxonalari ishlab turibdi. Shahar yaqinida toshkoʻmir qazib olinadi. AQSHda birinchi AES qurilgan. Un-t, Karnegi texnologiya in-ti, kartinalar galereyasi bor. Shaharga 1758-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x