PIROTEXNIKA

PIROTEXNIKA (yun. rug – olov va texnika) — portlovchi va yonuvchi aralashmalar tayyorlash hamda ularni amalda qoʻllash bilan shugullanadigan texnika tarmogʻi. Harbiy maqsadlarda, sanoatda, q. x. da, bayramlarda mushakbozlikda qoʻllanadigan moddalar bilan shugʻullanuvchi turlari bor.

Harbiy maqsadlarda yorituvchi pirotexnik tarkib (PT)lar, signal, yondiruvchi, yorugʻ iz qoldiruvchi, tugun hosil qiluvchi PT lar qoʻllaniladi. PT dan jang maydonida snaryadlar, bombaning portlashi kabi sunʼiy portlashlarni hosil qilishda ham foydalaniladi. Sanoatda relslar, trubalar, elektr simlar, turli qotishmalar i. ch. da termit ishlatiladigan tarkiblar ham PTning bir turi hisoblanadi. Signal PT laridan transportda, kinoga olish, mushaklar tayyorlash va b. da foydalaniladi. Q. x. oʻsimliklarni zararkunandalardan saqlash, xoʻl mevalar saqlanadigan omborlar va vino bochkalarini dezinfeksiya qilishda PT ishlatiladi.

Koʻpchilik PTlarning asosini oksidlovchining yonilgʻi bilan ikkilamchi aralashmasi tashkil etadi; bunda yonil-gʻi qisman oksidlovchidagi, qisman havodagi kislorod hisobiga yonadi. PT da nitratlar va perxlorlarat, metall oksidlari (Fe3O4, MnO2 va b.) oksidlovchi vazifasini bajaradi.

Yuqori t-rali PT da yonuvchi aralashma sifatida Mg, A1 va ularning qotishmalari, kamdan-kam Ti va Zr dan; tutun hosil qiluvchi aralashmada esa, asosan, organik moddalardan foydalaniladi.

1,2-8,4 MJ/kg (300-2000 kkal/kg), yonish t-rasi 400—3500°, yonish tezligi 0,5—20 mm/s.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x