PIROLYUZIT

PIROLYUZIT (yun. rug — olov va luo — yuvaman) , polianit — oddiy oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi — MpO2, tarkibida Mp 55-63%; Va, Na, K va b., maʼlum mikdorda suv boʻladi. Tetrago-nal singoniyada kristallanadi; kris-tallari strukturasi rutil tipli. Koʻpincha yashirin kristall tuproqsimon kukun massalar hosil kiladi; marganes, kisman temir gidrookislari va b. aralashgan boʻladi. Rangi kulrang, qora; metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 2—6 (polianit 6—6,5), zichligi 4700—5100 kg/m3. P. dengiz va koʻl havzalarining qirgʻoqqa yaqin qismida kislorod kira oladigan sharoitlarda choʻkindi qatlami hosil qiladi. Marganes konlarining oksidlanish zonalarida ham uchraydi. Pirolyuzit marganes rudalarining asosiy minerali. Sof Pirolyuzit quruq galvanik elementlarda, shisha (tiniqlantirish uchun) va keramika tayyorlashda, kimyo, tibbiyot, lok-boʻyoq va charm sanoatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x