PIRMUHAMMADXON

PIRMUHAMMADXON (? – 1567.12.3) – Balx hokimi (1546-67). Shayboniylarryan. Jonibek Sultonnint oʻgli. Pirmuhammadxon davrida Balx hokimligi kuchayib, toʻliq mustaqil xonlikka aylangan. Buxoro xoni Abdulaziz (1540—50) Balxning mustaqilligiga barham berish maqsadida katta harbiy yurishga otlangan, biroq bu safar uning vafoti tufayli qoldirilgan. Buxoro taxtiga Muhammadyor Sulton oʻtqazilgan. Pirmuhammadxon taʼziya izhor etish uchun Buxoroga kelib, turli nayranglar bilan taxtni egallab olgan (1550-y. 18 avg.). Biroq amaldorlar va ulamolarning aksariyati Pirmuhammadxonni qoʻllab-quvvatlamagan. Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom ham uni tan olmagan. Pirmuhammadxon shundan soʻng Buxoro taxtiga oʻz kishisi — shaybo-niylardan Umargʻozi Sulton (Oʻzbekxon nomi bilan koʻproq mashhur)ni oʻtqazishga uringan. U Buxoroda oliy hukmdor sifatida bir yilcha turgan, lekin amirlar va eshon Xoja Muhammad Islomdan koʻmak ololmagach, Buxoroni tark etishga, taxtni yana Muhammadyor Sultonga qaytarishga majbur boʻlgan. Movarounnahrdagi ichki nizolar kuchaygan davrda (1551—56) Pirmuhammadxon jiyani Abdullaxonni (q. Abdullaxon IF) NavroʻzAhmad-xoma qarshi kurashini quvvatlab turgan. Navroʻz Ahmadxon vafotidan foy-dalangan Abdullaxon Buxoroni egallagan. Pirmuhammadxon nomiga xutba oʻqilgan. Pirmuhammadxon 1561-y. 18 apr. gacha shayboniylarning oliy xoni boʻlib qolgan, garchi uning nomiga xutba oʻqilib, tanga zarb etilsada, u faqat nomigagina xon edi. Ba-daxshon va Balxdagi notinchliklar sa-babli P. Balxni tark etib, Buxoroga kela olmasdi. Shuning uchun bu yerda 1557-y. dan amalda Abdullaxon hukmronlik qilgan. Badaxshon hokimi temuriy Sulaymonshoh 1560-y. iyul—avg. da Balxga yurish qilganda P. Abdullaxondan yordam soʻragan. Chashmai koziron degan joydagi jangda shayboniy sultonlar gʻalaba qilishgan. Bundan ruhdangan P. Toxaristondagi Qunduz va Toliqon sh. larini egallash maqsadida 1560-y. 5 sent. da yurish qilgan. 1561-y. P. bilan Abdullaxon oʻrtasida ixtilof yuzaga kelgan, bunga sabab Pirmuhammadxonning Buxoroni Abdullaxondan tortib olib, evaziga unga Balxni bermoqchi ekanligi boʻlgan. Biroq, bunga Pirmuhammadxonning oʻgʻli Dinmuhammad sulton norozi boʻlib, otasiga qarshi isyon koʻtargan. Xoja Muhammad Islom ham bunga qarshi chiqkan. Abdullaxon Karmanadan otasi Iskandarxonni keltirib taxtga oʻtqazgan (1561-y. may) va Pirmuhammadxon nomini xut-badan chiqarib tashlagan. Pirmuhammadxon faol ichki va tashqi siyosat yurgizgan. Uning davrida Balx xonligi Abivard, Marv viloyati va Termiz hisobiga kengaygan. Jan. dagi Gurzuvon va Garchiston viloyatlari chegaralari mustahkamlangan.

Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x