PIRARGIRIT

PIRARGIRIT (yun. pyr — olov va argyros — kumush) — kimyoviy tarkibi Ag3SbS3 dan iborat mineral; tarkibida 59,76% Ag; 22,48% Sb; 17,76% S mavjud. Trigonal singoniyada kristalla-nadi. Notoʻgʻri shakldagi donacha va ularning agregatlari, shuningdek, prizmali kristallik koʻrinishga ega. Rangi toʻq qizil, olmos kabi yaltiroq; moʻrt. Qat-tikligi 2,5; zichligi 5770—5860 kg/m3. P. kam tarqalgan mineral. Gidrotermal konlarda past yoki moʻtadil t-ralarda vujudga keladi. RF (Ural, Zabaykalye, Uzok. Sharq), Oʻrta Osiyo, Chexiya, Meksika, Chili va Boliviyada Pirargirit konlari topilgan. Pirargiritdan kumush olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x