PILYASTRA

PILYASTRA, pilyastr (lot. pila — ustun) — meʼmorlikda bino devori sirtidan toʻgʻri burchakli ustunning bir tomoni shaklida boʻrtib chi-qib turadigan element. Ustunda mavjud boʻlgan qismlar (tana, kapitel, baza) Pilyastrada ham mavjud. Pilyastra tekis devorni boʻlaklarga ajratib, unga aloxida salobat va chiroy bagʻishlaydi. Pilyastra, asosan, binoning xonalari chegarasini ajratish va devorni mustahkamlash uchun xizmat kiladi. Koʻp qavatli binolarda Pilyastra hamma qavatlarni oʻzaro birlashtirib, bir butun yaxlitlikni yuzaga keltiradi, bir qavatli bino va turar joylar ham Pilyastra siz qurilmaydi, faqat ulardagi Pilyastraning kapitel va bazalari juda sodda boʻladi. Baʼzilarida kapitel boʻlmasligi ham mumkin. Mahalliy meʼmorlikda P. ning yarim minorasimon, kungurasimon xillari ham keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x