PIFAGOREIZM

PIFAGOREIZM — yunon falsafasidagi taʼlimot. Mil. av. 6—4-a. larda Pifagor gʻoyalari asosida shakllangan. Pifagoreizm taʼlimoti negizida sonlar barcha mavjud narsa va xrdisalarning asosidir degan tasavvur yotadi. Vakillari: Filolay, Evrit, Ksenofil, Fanton, Exek-rat va b. Pifagorchilar butun olam sonlar uygʻunligidan va ularning oʻzaro munosabatidan iborat, deb bilganlar; da-stlab sonlarni narsalardan farq qilmagan boʻlsalar, keyinchalik ularni hatto ilohiy mavjudot deb tushunganlar. Pifagoreizm vakillari fikricha, jon mod-diy emas va oʻlmaydi, u koinotda modda bilan birga mavjuddir. Jon bir tanadan boshqa tanaga, shu jumladan, odam tanasidan biror hayvon va b. tanasiga (yoki aksincha) oʻtib yuradi. Pifagoreizm vakillari mat., musiqa nazariyasi, akustika, astronomiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qoʻshganlar. Mil. av. 4-a. ning 2yarmida Pifagoreizm platonizm b-n qoʻshilib ketdi. Mil. av. 1-a. — mil. 1-a. da neopifagoreizm shaklida qayta vujudga kel-di va xristianlikning shakllanishiga muayyan taʼsir koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x