PERSONALIZM

PERSONALIZM (lot. persona — shaxs) — falsafiy yoʻnalish. Unga koʻra, odam fiqolovchi mavjudot emas, harakat qiluvchi, muayyan mavqeni egallovchi shaxsdir. Personalizm 20-a. ning boshlarida Rossiya (N. A. Berdyayev, L. Shestov) va AQSH da (B. P. Boun) vujudga kelgan. Personalizmning markazida shaxs tushunchasi turadi. Xususan, bilish nazariyasida shaxs bilish jarayonining ishtirokchisi sifatida qaraladi. Shu maʼnoda Nisshepyap keyin barcha falsafa u yoki bu darajada shaxslashtirilgan. Falsafiy antropologiyani ham Personalizmning namoyon boʻlishi shakli deb hisoblash mumkin. Etikada Personalizm deganda individual qadriyatlarni boshqa axloqiy qadriyatlardan afzal deb hisoblash tushuniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x