PERFORATSIYALAR

PERFORATSIYALAR (lot. perforatio — teshish, kirib olish) — 1) oʻsimliklarda oʻtkazuvchi va toʻrsimon naylar devoridagi teshiklar. Perforatsiyalar orkali oziq eritmalar bemalol oʻtadi. Perforatsiyalar qirqquloqlarda koʻp, koʻpchilik gulli oʻsimliklarda oddiy (oʻtkazuvchi nay boʻgʻimida bitta umumiy teshik) boʻlishi mumkin. Ayrim lishayniklarda Perforatsiyalar — tallom poʻstlogʻi bir qismining halok boʻlishi tufayli vujudga keladigan teshikdan iborat boʻlib, gaz almashinuv vazifasini bajaradi.

2) tibbiyotda — kovak aʼzolar devo-rining teshilishi. Patologik jarayonlar natijasida, mas, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi yoki ingichka va yoʻgʻon ichaklardagi yaraning teshilishi;

3) xirurgik yul bilan suyakda teshik ochish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x