PENZA

PENZA — RF Penza viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Sura daryosi (Volga irmogʻi) boʻyida. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 534 ming kishi (1998). Mashinasozlik (dizel, kompressor, elektron-hisoblash mashinalari, kimyo, toʻqimachilik mashinasozligi, soatsozlik, velosiped z-dlari), yengil, oziq-ovqat, qogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari, tibbiy pre-paratlar z-di, pianino f-kasi bor. 5 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, botanika bogʻi, oʻlkashunoslik, xalq ijodiyoti, N. N. Burdenko, V. E. Meyerxold muzeylari, suratlar galereyasi mavjud.

1663-y. da Rossiya davlatining jan.sharqiy chekkasida ostrog (chegara istehkomi) sifatida asos solingan. 1719-y. dan noiblik, 1796—97 y. larda va 1801-y. dan gubernya markazi. 1928—30 y. larda Srednevoljsk oʻlkasi Penza okrugi markazi. 18—20-a. boshlaridagi meʼmoriy yodgorliklar: barokko uslubidagi Petropavlovsk sobori (18-a), SpasPreobrajeniye monastirining kafedrali sobori (18—19-a. lar) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x