PELOPONNES

PELOPONNESGretsiya jan. dagi yarim orol. Bolqon ya. o. ning janubiy qismi, materikka Korinf boʻyni orqali tutashgan. Mayd. 21,4 ming km2. Ioni va Egey dengizlari bilan oʻralgan. Qirgʻoq chizigʻi notekis. Peloponnesning jan. qismi toʻrtta yarim oroldan iborat. Re-lyefi togʻlik. Aksari qismining bal. 800— 1200 m. Eng baland joyi 2404 m (Tayget tizmasidagi Ayos-Ilias choʻqqisi). Peloponnesning oʻrta qismida karst relyefli Arkad yassitogʻligi (bal. 600 — 800 m) bor. Sohili allyuvial pasttekislik. Iqlimi subtropik, Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Yanv. nichg oʻrtacha t-rasi 8 —11°, iyulniki 24—27°. Yillik yogʻin 400—1000 mm. Yirik da-ryolari: Alfey, Evrot. Oʻsimliklari, asosan, doim yashil butazorlar (makvis va frigana)dan iborat. Aholisi chorvachilik, dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi. Muhim shahar va portlari: Patra, Korinf. P. da Sparta, Olimpiya, Mikena, Korinf tarixiy geografik viloyatlari joylashgan. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x