PAXTABANK

«PAXTABANK» — Oʻzbekistondagi yi-rik aksiyadorlik-tijorat banki. 1995-y. 27-iyulda «Oʻzdeqqonsanoatbank» negizida tashkil etilgan. Boshkaruvi Toshkent sh. da. Bank taʼsischilari: «Oʻzqishloq-xoʻjalikkimyo» davlat-aksiyadorlik kom-paniyasi, «Oʻzagrosugʻurta» davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi. «Paxtabank» keng tarmokli universal banklardan biri hisoblanib, 13 ta viloyat boshqarmasi, 183 ta tuman boʻlimlari va 162 ta mini-banklardan iborat. Bank respublika q. x. korxonalariga turli xizmatlar koʻrsa-tadi. Davlatning moliyaviy agenti si-fatida xoʻjaliklarda yetishtiriladigan paxta, gʻalla, sholi mahsulotlari uchun boʻnak mablagʻlari beradi, fermer xoʻjaliklarini kreditlar b-n taʼminlaydi. Shuningdek, bank q. x. korxonalarini texnika bilan taʼminlashni davlat tomo-nidan ragʻbatlantirish fondining moliyaviy agenti vazifasini bajaradi.

«Paxtabank» «Paxta-invest» boshqaruvchi kompaniyasi va «Paxta-servis» depozitariysi shoʻba korxonalariga ega. Bank 1993-y. dan buyen Turkiyaning «Ziroatbanki» bilan birga Oʻzbekistondagi birinchi Oʻzbekiston-Turkiya «OʻTbank»ning muassisi. «Paxtabank» Osiyo-Tinch okeani q. x. ni kreditlash uyushmasi (APRAKA) hamda Xalqaro qishloq xoʻjaligi kre-diti konferensiyasi (KIKA)ning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi.

Bank tomonidan berilgan jami kreditlar mikdori 91 mlrd. soʻmni tashkil etdi; 84 mingdan ziyod yuridik va 148 ming jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatadi (2003). Ustav kapitali 12,5 mlrd. soʻm, jamlanma kapitali 35 mlrd. soʻm, valyuta balansi 197 mlrd. soʻm (2003-y. 1 yanv.).

Qobiljon Toshmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x