PARPIYEV Nusrat Aʼzamovich

PARPIYEV Nusrat Aʼzamovich (1931.14.9, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995), kimyo fanlari dri (1976), prof. (1981). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Kimyo in-tida lab. mudiri (1964—76), direktor muovini (1965 — 76), Oʻrta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati i. t. instituti direktori (1976—77), Bu-xoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi in-ti rektori (1977—89), ToshDUda prorektor (1992—94), kafedra mudiri (1989 —94). Toshkent Kimyo-texnologiya in-ti rektori (1994—2001), Oʻzbekiston FA kimyo-texnologiya boʻlimi raisi (19942000), 2002-y. dan OʻzMU anorganik kimyo kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koordinatsion bi-rikmalar kimyosiga oid. Parpiyev rahbarligida rangli va nodir metallarning tarkibida azot, kislorod va oltingu-gurt boʻlgan organik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qilishining ilmiy asoslari oʻrganilgan, metallar va ularning birikmalarini oʻta sof holda ajratib olish usullari, molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda sof molibden olishning termik usuli ishlab chiqilgan. Gidrazonlar, gidroksam kislotalari hosilalari asosida 200 dan ortik, yangi koordinatsion birikmalar sintez qilingan. Ilk bor palladiy va kobalt birikmalarining shishga karshi faol taʼsir etishi aniklangan.

As: Kristalloximiya kompleksov metallov s gidrazidami i gidrazonami, T., 1994 (ham-korlikda); Koordinatsion birikmalar kimyo-si, T., 1996 (hamkorlikda); Anorganik kimyoning nazariy asoslari, T., 2000 1—2 qism (hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x