PARDA

PARDA (musiqada) — 1) torli (dutor, tanbur kabi) cholgʻular dastasini boʻgʻinlarga ajratuvchi toʻsiqlar. Oʻtmishda Pardalar ichak yoki ipakdan ishlangan boʻlib, keyinchalik choʻp, metall yoki plastmassadan yasash yoʻlga qoʻyilgan. Sozanda qoʻl barmoqlari bilan torlarni maʼlum Pardaga bosib tebratganda muayyan balandlikdagi tovush (ton)ni hosil qiladi;

2) Sharq musiqa nazariyasida Parda atamasi maqom, daemon, dastgoh tushunchalari bilan maʼnodosh boʻlib, muayyan balandlikdagi tovushlarni ham ifodalagan. Jumladan, uzbek musiqasida har bir maqomnint bosh P. si shu maqom nomi bilan ataladi (mas, Navo P. si, Rost P. si kabi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x