PARALLAKS

PARALLAKS (yun. parallaxis — ogʻish) — fazoning biror nuqtasi (mas, yoritqich — sayyora, yulduz markazi)dan Yer orbitasining radiusi koʻrinadigan burchak. P. yoritqich bilan Yer orasidagi masofani aniklashga imkon beradi. Agar yoritqichning Parallaksi maʼlum boʻlsa, trigonometrik formulalar yordamida uning Yerdan uzoqligini aniklash mumkin. Sutkalik Parallaks — Yer radiusi bilan osmon yoritqichi koʻri-nadigan chiziq orasidagi burchak (mas, Oy uchun sutkalik Parallaks 57ʻ2»70, Kuyosh uchun 8»80). Yillik Parallaks — Yer orbitasining katta yarim oʻqi bilan osmon yoritqichi koʻri-nadigan chiziq orasidagi burchak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x