PANDUS

PANDUS (frans. pante douce — nishab, qiyalik) — binoning eshigi, darvoza-siga kiriladigan nishab maydoncha; baʼzan zinapoya vazifasini oʻtaydi. Oʻrta Osiyo hududidagi qad. shaxar qalʼa va koʻshklarga Panduslar orqali koʻtarilgan. Togʻlar orasida joylashgan turar joylarga maxsus Panduslar ishlangan (Samarqanddagi Xoʻja Doniyor maqbarasida, Qashqadaryo viloyati Gʻilon qishlogʻida, Nurota togʻ etaklaridagi qoʻrgʻon va qalʼalarga chiqishda, Surxondaryodagi «Bibishoy» koʻprigi, Bu-xoro arki darvozasi oldidagi Panduslar va b.). Zamonaviy meʼmorlikda jamo-at, sanoat binolari, transport in-shootlari, garaj kabilar qurilishida Pandusdan foydalanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x