AFRIKANTROP

AFRIKANTROP (Afrika va yun. anthropos — odam) — neandertallar tipiga mansub qazilma odam. Eyasi odami deb ham ataladi. Tanzaniyadagi Eyasi koʻlidan 1935 va 1938-y. larda Afrikantropning bosh suyagi parchalari va ikki oziqtishi saqlangan jagʻ suyagi topilgan. Suyaklar bilan birga tosh qurollar ham topilgan. Pleystotsen davrining 2-yarmiga oid.

AFINA

AFINA, Qadimgi Afina — Yunoniston (hoz. Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahardavlat (polis). A. Yunonistonning Attika deb atalgan togʻli joyida vujudga kelgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina maʼbudiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloqlar birlashib Afina sh. vujudga kelgan (mil. av. 9—8-a. lar). Bu vaqtda (Gomer davri) … Читать далее

AFAZIYA

AFAZIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va phasis — fikr) — gapira olmaslik, soʻzlash qobiliyatining buzilishi. Afaziyaga bosh miya poʻstloq qavatidagi soʻzlash markazining oʻzgarishi sabab boʻladi. Motor (harakat) va sensor (sezish) xillari bor. Motor Afaziyada bemor gapirmoqchi boʻlganda soʻzlarni topa olmasa, sensor Afaziyada bemorga qaratilgan soʻzlar maʼnosini anglab yetmaydi, oʻz nutqini nazorat qilolmaydi. Afaziya bosh … Читать далее

AUYESKI KASALLIGI

AUYESKI KASALLIGI, soxta quturish kasalligi (venger vrachi A. Auieszky nomidan) — hayvonlarda markaziy nerv sistemasi va nafas organlarining shikastlanishi belgilari bilan oʻtadigan virusli yuqumli kasallik. A. k. b-n barcha sut emizuvchilar va qushlar kasallanadi. Kasallik ayniqsa, darrandachilik va choʻchqachilik xoʻjaliklariga katta zarar keltiradi. Auyeski kasalligi, asosan, ot, choʻchqa, qoramol, qoʻy-echki va itlarda yilning hamma faslida … Читать далее

ATOMNI UYGʻOTISH

ATOMNI UYGʻOTISH — atomni normal (risoladagi) energiya holatidan yuqori energiya holatiga oʻtkazish. Atomni yorugʻlik, issiqlik taʼsirida yoki elektronlar bilan bombardimon qilib uygʻotish mumkin. Atom bu jarayon natijasida maʼlum miqdordagi energiyani yutib, uning orbitasidagi elektronlar yukrri energiya holatiga oʻtadi. Mac, natriy atomini uygʻotish uchun 2 eV yoki 3,2 10~12 erg energiya kerak. Xona t-rasida atomlarning oʻrtacha … Читать далее

ATOM RAQAMI

ATOM RAQAMI — kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy sistemasidagi tartib raqami. Atom yadrosidagi protonlar soniga teng. Mas, kislorod atomi yadrosida 8 ta proton bor. Kislorodning Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi raqami ham 8 ga teng.

ATMOSFERADAGI TEMPERATURA INVERSIYASI

ATMOSFERADAGI TEMPERATURA INVERSIYASI — atmosferaning maʼlum qatlamlarida t-raning balandlikka qarab orta borishi. Pastki chegarasi, qalinligi va inversiya quvvati (t-ralar farqi) bilan ifodalanadi. Atmosferadagi temperatura inversiyasi bulutlarning quyuqlanishiga, atmosferadagi vertikal harakatlarga va b. hodisalarga bevosita katta taʼsir koʻrsatadi. Quyidagi turlarga boʻlinadi: 1. Radiatsion inversiya; bunda yer sirti kuchli nurlanish natijasida qattiq soviydi, soʻngra Yerga yaqin havo … Читать далее

ATMOSFERA

ATMOSFERA (yun. atmos — bug va sfera) — yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobigʻi. Atmosfera massasi 5,15-Yu15 t boʻlib, yer shari ogʻirligi (5,977-1021 t)ning taxm. milliondan bir boʻlagiga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari A. bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay, uning asosiy massasi … Читать далее